Mojaristonda Usmoniy davriga oid ko'rgazma ochildi

Mojaristonning Kecskement shahrida yozuvchi Kalman Mikszathning asarlari asosida ochilgan ko’rgazma 2016 yilning 1 mart kunigacha davom etadi.

311509
Mojaristonda Usmoniy davriga oid ko'rgazma ochildi

Mojaristonning Kecskement shahrida yozuvchi Kalman Mikszathning asarlari asosida “Gapirgan cho’pon” nomli ko’rgazma ochildi.
Mazkur ko’rgazmada Usmoniy davridagi Mojariston anglatilgan.
Turkiyaning Budapeshtdagi elchisi Shakir Fakili ko’rgazmaning ochilishiga tashrif buyurdi.
Shakir Fakili ochilishda so’zga chiqib, Kecskement shahri Mojaristonning rivojlangan va taraqqiy etgan shaharlaridan biri ekanini, mahalliy xalqi ham tarixda turklar bilan hamjihatlikda tinch-totuv yashaganini anglatdi.
Qolaversa, Usmoniy xokimiyati ostida bo’lgan Mojaristonda tijorat, qishloq-xo’jaligi va sanoat jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga kelganini, o’sha davrlarda insonlar diniy amallarini erkin bajo keltirganini bildirdi.
Muzey direktori Rosta Szabolcs ham, ushbu ko’rgazma vositasida shahar xalqiga turklarni va Usmoniylarni yaqindan tanitishni maqsad qilganini bildirdi.
Shuningdek, mojar xalqi turk madaniyatiga katta xurmat ko’rsatganini, asosan Usmoniy davrida otalarining hayot tarzi va urf-odatlariga qiziqqanini bildirdi.
Mazkur ko’rgazma 2016 yilning 1 mart kunigacha davom etadi va Mojaristonga sayohat qilgan turklarni kutib qoladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar