Turkiya chempion bo'ldi

"Filening Sultonlari", musobaqani, birinchi marotaba oltin medal bilan yakunladi.

300191
Turkiya chempion bo'ldi

Shveytsariyaning Montre shahrida voleybol bo’yicha ayollar o’rtasida uyushtirilgan 30-Montre Masters turnirida Turkiya 2011-yilning chempioni Yaponiya bilan bellashdi. Natijada Turkiya milliy terma jamoasi 3-2 hisobi bilan g’alaba qozondi.

Birinchi bo’sqichni 25-22, ikkinchi bo’sqichni esa 25-19 hisobi bilan qo’ldan boy bergan Turkiya 2-0 hisobi bilan o’yinni yutkazayotgan edi.

Lekin keyingi bosqichlarda 25-19 va 25-23 hisobi bilan g’alabani qo’lga kiritgan milliy jamoa, musobaqani finalga olib chiqdi.

Final bo’sqichida Yaponiyani 15-10 hisobi bilan yengan Turkiya 139-daqiqaning oxirida 3-2 hisobi bilan g’alabani qo’lga kiritdi. Shunday qilib turnirni birinchi marotaba oltin medal bilan yakunladi.

Turnirda Yaponiya kumush, Gollandiya esa bronza medalga ega bo’ldilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar