TRT 51 yoshga to’ldi.

1964- yili 1- may kuni tuzilgan Turkiya Teleradio Kompaniyasi 51 yoshga to’ldi...

257746
TRT 51 yoshga to’ldi.

TRT 51 yoshga to’ldi.
1964- yili 1- may kuni tuzilgan Turkiya Teleradio Kompaniyasi 51 yoshga to’ldi....
TRT Bosh Direktori Sheno’l Go’ka va hamrohidagi hay’at bilan 51- yil tadbirlariga dastlab Anitqabrni ziyorat etish bilan boshladi.
TRT hay’ati Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Otaturkning maqabarasiga gul chambar qo‘ygandan keyin Go’ka, Misaki Milliy munorasiga borib Anitqabr maxsus daftariga imzo qo’ydi.
Sheno’l Go’ka, daftarga, TRT 51 yildir Respublikaning asoslari doirasida Turkiyaga xizmat berib kelmoqda deb yozdi. TRT kelajakda dunyoning eng muhim media guruhlaridan biri bo’lishini bildirdi.
Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an ham TRTning tuzilish yilligi munosabati bilan tabrik bayonoti tarqatdi.
Prezident Erdo’g’an, bayonotida TRT, tuzilishidan buyon ishonarli, to’g’ri, tarafsiz va xalqning talablarini qondirgan faoliyatlari bilan muhim hissa qo’shib kelmoqda.
Erdo’g’an, faoliyat sohasini kengaytirgan TRT bugungi kunda ham yangi kanallari bilan, ko’p xorijiy tildagi eshittirishlari bilan yetakchi bir tashkilot ekanini bildirdi.
Bosh vazir o’rinbosari Yalchin Akdo’g’an ham, tarqatgan bayonotida, TRT teleradio kompaniyasi faoliyatlari bilan har doim o’rnak tashkilot bo’lgan deb bildirdi.
“ TRTning ayni paytda bir maktab missiyasi borligini, TRT bugun kunda boshqa kanallar mobaynida juda sifatli ekani ko’rinib turibdi” dedi.
Akdo’g’an, bergan bayonotida , yaqin paytda Ingliz tilidagi kanali bilan TRT, Turkiyaning xabarlarini butun dunyoga tarqatadi dedi.
TRT Bosh direktori Shenol Go’ka ham bergan bayonotida, davlat kanali bo’lishi sababli mas’uliyat bilan harakat qilgan TRT, ishonarli yangiliklarning markazi hisoblanib, madaniyat hayotimizning eng yirik himoyachilaridan biri deb bildirdi.
Televizion va radio kanallari, yangi media xizmatlari va jurnallari bilan TRT bugungi kunda dunyoning eng yirik nashriyot tashkiloti orasida joy olishni bajarganini aytgan Go’ka, TRT yorim asrni oshgan tajribasi bilan, efirga uzatish va eshittirish faoliyatlari bilan bir qatorda maktab kimligi bilan ham Turkiya va dunyoda ko’plab media tashkilotiga yetakchi va o’rnak bo’lishni davom ettirmoqda deb bildirdi.
Sheno’l Go’ka, TRT saviyali va qoidali eshittirishlari bilan o’tmishda bo’lganidek kelajakda ham ushbu faoliyatini qarorli ravishda davom ettiradi deb bildirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar