Yosh skripkachi Lachin Akyol xalqaro tanlov sovrindori...

Mersindagi Davlat konservatoriyasida Skripka bo’limida tahsil olgan 8 yoshdagi Lachin Akyol Belgiyada o’tkazilgan Xalqaro Grumiaux yosh skripkachilar tanlovida 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

231573
Yosh skripkachi Lachin Akyol xalqaro tanlov sovrindori...

Mersin Universiteti qoshidagi Davlat konservatoriyasida Skripka bo’limi talabasi 8 yoshdagi Lachin Akyol Belgiyaning Namur shahrida o’tkazilgan Xalqaro Grumiaux yosh skripkachilar tanlovida 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Germaniya, Fransiya, Rossiya, Estoniya, Singapur, Yaponiya, Finlandiya, Latviya, Litva, Belgiya, Gollandiya kabi dunyoning ko’plab davlatlaridan yosh skripkachilar ishtirok etgan tanlovda turk ishtirokchi Lachin Akyol umid bag’ishlagan skripkachilar ro’yxatiga kirishga muvaffaq bo’ldi.
İste’dodli yosh skripkachi Lachin Akyolning onasi taniqli skripkachi ya’ni, san’atkor, otasi esa balet ustasi.
Ular qizlarining tanlovga 2 oygina tayyorgarlik ko’rganini va uning qo’lga kiritgan yutug’i kutilmagan baxt ekanini tilga oldilar.
Kelajakning yosh virtuoz skripkachisi sifatida ko’rsatilgan Lachin Akyol ushbu tanlovda ishtirok etib, yuqori o’rinni qo’lga kiritganidan baxtiyor ekanini tilga oldi.
U kelgusida o’zi ustida yana ham ko’proq ishlagan holda, xalqaro miqyosda taniqli solist skripkachi sifatida o’z konsert dasturlarini namoyish qilishni maqsad qilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar