Avstraliyada Xalqaro aviatsiya ko’rgazmasi ochildi

Avstraliyaning Geelong shahrida ochilgan ko'rgazmada Chanakkale urushi sahnalashtirildi.

244499
Avstraliyada Xalqaro aviatsiya ko’rgazmasi ochildi

Chanakkale urushi 100 yil o’tgach, Anzaklarning yurtida ham hotirlandi.
Avstraliyaning Geelong shahrida Xalqaro "Avalon Airshow" aviatsiya ko’rgazmasi ochildi.
Mazkur ko’rgazmada havo vositalarining akrobatika namoyishi bilan bir qatorda, Chanakkale urushi ham sahnalashtirildi.
Ko’rgazmada Avstraliya askarlari bilan turk askarlarining ro’lini ijro etgan ishtirokchilar okoplarga joylashib, miltiqlar bilan go’yoki jang maydonini aks ettirdilar.
Avstraliya askari ro’lini ijro etgan ishtirokchilar Chanakkale urushi haqidagi tushunchalarini tilga oldilar.
Avstraliyaliklar Chanakkalega borib jang maydonini o’z ko’zi bilan ko’rgani va juda ta’sirlangani haqida hikoya qilib berdilar.
Ko’rgazma mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar