Kunda bir soat musiqa tinglash yetarli…

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti kunda bir soatdan ortiqcha musiqa tinglash inson salomatligi uchun zararli ekani haqida ogohlantirmoqda.

243148
Kunda bir soat musiqa tinglash yetarli…

Kunda bir soat musiqa tinglash inson salomatligi uchun muhim...
Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti kunda bir soatdan ortiqcha musiqa tinglash inson salomatligi uchun zararli ekani haqida ogohlantirmoqda.
Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilishicha, dunyoda bir milliondan ziyod yoshlar uzoq muddat baland ovozda musiqa tinglagani uchun eshitish qobiliyatini yo’qotish tahlikasiga uchramoqda.
Ma’lumotga ko’ra, 12 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan jami 43 million aholi eshitish qobiliyatini yo’qotmoqda va eshitish qobiliyati pasayganidan noligan aholi soni esa, ortib bormoqda.
Doktor Etyen Krug kunda bir soat musiqa tinglash yetarli ekanini maslahat bermoqda.
Tashkilot quloqlarni himoya qilish uchun shovqinli joylarda quloqni yopish jihozlaridan foydalanish zarurligini tavsiya qiladi.
Qolaversa, shovqinli makonlarda radio va magnitofon karnaylaridan uzoq turishga chaqiradi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar