İndoneziyada sodir bo’lgan tsunami falokatidan 10 yil o'tgach...

10 yil oldin tsunami falokatida farzandlari bedarak yo'qolgan İndoneziyalik bir oila yaqinda ularni topishga muvaffaq bo’ldi.

97474
İndoneziyada sodir bo’lgan tsunami falokatidan 10 yil o'tgach...

2004 yili İndoneziyada sodir bo’lgan tsunami falokatida bir oila farzandlaridan judo bo’lgan edi.
Bu oila tsunamida uylari vayron bo’lgach, bir taxta ustiga chiqib omon qolgan edi, lekin 4 yashar qizi bilan 7 yoshdagi o’g’li otasining qo’lidan chiqib selda g’arq bo’lgan edi.
10 yildan beri qizi va o’g’lining o’lganiga ishonch hosil qilgan oila, yaqinda farzandlarini topishga muvaffaq bo’ldi.
Bedarak yo’qolgan o’g’li Arif tsunami falokatidan so’ng, yillar mobaynida Sumatra orolida ko’chalarda yashab keladi va bir oila tomonidan asrab olinadi.
Yordamsevar oila bir televizion ko’rsatuvda farzandlarini qidirayotgan oilani ko’radi va ular bilan aloqa o’rnatadi.
Oilaning bedarak yo’qolgan qizi esa, yillar mobaynida asrab olgan oila bilan birga yashaydi.
Televizorda bir-birini ko’rib tanigan aka-ukalar shu tariqa o’z ota-onasini topishga muvaffaq bo’ldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar