Kun tahlili 52- qism

Bir necha haftadır davom etayotgan munozaralar va bayonotlar Turkiya Suriya siyosatini o'zgartirishga tayyorlanayotgandek taassurot uyg'otmoqda.

1872618
Kun tahlili 52- qism

 

Turkiyaning  Suriya siyosatini o'zgartiryaptimi?

Bir necha haftadır  davom etayotgan munozaralar va bayonotlar Turkiya Suriya siyosatini o'zgartirishga tayyorlanayotgandek taassurot uyg'otmoqda. Prezident Erdo’g’anning Ukrainadan  qaytishi munosabati bilan bergan bayonoti bilan muzokaralar yangi tus oldi. Prezident Erdo’g'an, "Suriya bilan keyingi qadamlarni ta'minlashni istaymiz" dedi.

Sochidagi Erdo’g'an-Putin uchrashuvidan so'ng bu bayonot Suriyaning Sochi uchrashuvining asosiy kun tartibini tashkil qilgani va terrorizmga qarshi kurashda yechim sifatida Suriya boshqaruvi bilan uchrashishga ishora qilgani bildirilgan bu bayonotdan keyin yanada mazmunli bo'ldi. Bu Rossiyaning pozitsiyasi o'zgarganini ko'rsatmasa-da, so'nggi bayonotlar Turkiyaning "Asad ma'muriyati bilan muzokaralar olib borish" nuqtasida Suriya siyosatini o'zgartirishga tayyorlanayotganini ko'rsatmoqda.

SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeshiltashning bu boradagi fikr va mulohazasini  taqdim etamiz...

Bu jarayonda to‘rtta muhim masala borligini ko‘rishimiz mumkin.

Birinchi masala, albatta, BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-rezolyutsiyasi doirasida tinchlik  yo‘li bilan hal qilish jarayonini davom ettirishdir. Turkiyaning hozirgi pozitsiyasi ushbu rezolyutsiyada ko'zda tutilgan yo'l xaritasiga to'liq sodiqlikdir. Boshqacha  qilib aytganda, konstitutsiyani yozish, saylovlar o‘tkazish va muvaqqat  hukumatni tashkil etish 2254 ta ustunlardir. Shuning uchun Suriya boshqaruvi bilan aloqa o'rnatish maqsadi bu yechim jarayonini istisno qila olmaydı.

Ikkinchi masala – terrorizmga qarshi kurash. Oxirgi yillarda Adana kelishuvi tez-tez tilga olinayotganini hisobga olsak, Damashq va Anqara o'rtasida terrorizmga qarshi kurash bo'yicha asosiy matnning mavjudligi haqida gapirish mumkin. Rossiyaning Turkiyani rejimga yoʻnaltirishi ortidagi mantiqning  asosiy  ana shu matn asosida qurilgan. Biroq PKKga qarshi kurashda Suriya rejimi bilan yangi hamkorlikni qanday qurish kerakligi hali ham  aniq emas. Shuning uchun siyosat o'zgarishi uchun Turkiya yoki rejimdan  biri PKK bilan bog'liq siyosatlarida keng qamrovli o'zgarish qilishi kerak bo'ladi. Shu o'rinda bir nechta  alternativani  aytib o'tishimiz mumkin. Bu imkoniyatlarning barchasi qisqa muddatli yechimlarni keltirib chiqishi mumkin.

Birinchisi, rejimning Turkiya chegarasida joylashgan PKK mavjudligini oʻzi joylashgan hududlardan yoʻq qilishi. Biroq rejim PKKni Manbij va Tel Rifat kabi mintaqalardan olib  chiqishi  kerak. Buni PKK ixtiyoriy ravishda qabul qilishi dargumon. U holda rejim PKKni evakuatsiya qilishni yoki majburlovchi unsurlar bilan qurolsizlantirishni talab qilishi kerak. Bugungi nuqtai nazardan qaraganda, na rejimning qobiliyati var   na ham  PKKning bunday bir  niyati bor.  Boshqa bir imkoniyat esa, Turkiyaning Suriya Milliy Armiyasi bilan umumiy tahdid PKKga qarshi, rejim ko‘magi bilan harbiy tozalash harakatidir . Shunday qilib, ham Turkiyaning xavfsizlik muammolari hal bo’ladi, ham rejimning PKKga qarshi qo’li  ancha kuchayadi. Bu vaqtda rejimning PKKni Turkiyaga qarshi ishlatish haqidagi makkorona rejalari ishga tushadi. Ya’ni Turkiyaning PKK masalasini bartaraf etish uchun Suriya ma’muriyati bilan yaqinlashishi qisqa muddatda yechim keltirmasligi mumkin. Chunki bir vaqtning o’zida PKKni Turkiyaga qarshi ishlatishdan tortinmaydigan Suriya ma’muriyati bordir.

Uchinchi masala Turkiyadan Suriyaga vaqtinchalik himoya maqomidagi qochqinlarni qaytarish masalasi. Bu eng qiyin masalalardan biri bo'lib, qochqinlarni  siyosiy yechimsiz rejim nazoratidagi o'lkaga qaytishini kutish oxirgi o'n yil ichida qochqinlar masalasidan hech qanday saboq olmaslik deganidir . Oxirgi yillarda rejim mintaqasiga qaytganlarning duch kelgan muomala  umuman ko‘ngilni quvontirmaydi. Livan va Iordaniya va rejim o'rtasidagi muloqotga hech qanday to'siq bo'lmasa-da, har ikki davlatdan qaytish juda cheklangan. Turkiyadagi qochqinlarning rejim hududiga qaytishini faqat Asad ma'muriyati bilan muzokaralar olib borish orqali amalga oshirish juda qiyin ko'rinadi. Eng muhimi, ushbu kelishuvni yo'l xaritasiga bog'lamasdan oldinga siljitish boshpana izlovchilar uchun katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Rejim xorijga chiqqanlarni “sotqin” deb hisoblagan, infratuzilma butunlay vayron bo’lgan va rejimning iqtisodiy qudrati cheklangan bir muhitda qochqinlarni qaytarib yuborish qiyin  bir ish.

To'rtinchi va ehtimol eng muhim masala – muxoliflarning  ahvoli. Bu nuqtada, Asad ma'muriyatining muxolafat bilan murosa nuqtasida qo'ygan shartlarini qabul qilish muxolafat uchun taslim bo'lishdan boshqa narsani anglatmaydi. Asad ma'muriyati bilan butun harbiy va siyosiy tuzilmani yo'q qilish, ayniqsa qurollarni tashlab,  davra  atrofida o'tirish mumkin emasdek. Turkiyaning bunday vaziyatni qabul qilishi mumkin emas. Shu sababli, Jenevada uch yildan beri kelishuvga erisha olmagani va rejim doimiy ravishda bu strategiyaga asoslangan strategiyaga amal qilgan bir misol bor ekan, muxolafat va rejim o'rtasida yangi aloqa nuqtasini o'rnatish  juda qiyin bo'ladi.

qolaversa, Prezident Erdo’g’anning “ilg’or darajadagi” bayonoti chog’ida YPG va rejim kuchlarining al-Babni raketalar bilan nishonga olgani ham rejimning muxolif hududlariga qanday qaraganining ko’rsatkichidir. Boshqa tomondan, rejim bu masalada nihoyatda maksimalist ekanligi aniq. Turkiya shimoliy hududlardan chekinmasdan oldin bunday jarayonni boshlashni istamagan rejim, Turkiyadan eng ko'p foyda olib,  davraga  o'tirmoqchi bo'ladi.

Muxolafat masalasiga Idlib nuqtai nazaridan qaraganingizda, ishlarning yanada murakkab ekanligini darhol anglash mumkin.

Shuning uchun ham so’nggi bayonotlar Turkiyaning Suriya siyosatida strategiyani o’zgartirish o’rniga muammolarni hal qilishda yangi tashabbus ko’rsatmoqchi ekanligini  namoyon qilmoqda.

SETA / Xavfsizlik tadqiqotlari direktori Muallif Prof. Dr. Murat Yeshiltashning bu boradagi  fikr va mulohazasini  havola qildik.  

 

 

 

 

 

 

 

.


Tanlangan kalimalar: #Muzokara , #Suriya , #Prezidnet Erdog'an , #Sochi

Aloqador xabarlar