Kun tahlili 35-qism

Bahor oylarining kelishi bilan Turk Qurolli Kuchlari Iroq shimolida yangi amaliyotlarni boshladi. So'nggi harbiy harakat, "Panja- qulf " operatsiyasi, Turkiya chegara chizig'iga yaqin Avasin Basyan va Zap hududlarini nishonga oldi.

1820327
Kun tahlili 35-qism

 

 

                                         Panja- qulf harakati

Bahor oylarining kelishi bilan Turk Qurolli Kuchlari Iroq shimolida yangi amaliyotlarni boshladi. So'nggi harbiy harakat, "Panja- qulf " operatsiyasi, Turkiya chegara chizig'iga yaqin Avasin Basyan va Zap hududlarini nishonga oldi. PKK   boshpana  hududlari havodan zarbaga uchragan bir paytda, mintaqaga ko'plab komandolar ham tushirildi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr- mulohazanizi  e’tiboringizga  etamiz...

Turkiya, PKK terror tashkilotiga qarshi kurashini qat'iyat bilan davom ettirar ekan, mamlakat bo'ylab harbiy amaliyotlari bilan birga, tashkilotni o'z chegaralaridan tashqarida ham faol ravishda nishonga oladi. Iroq va Suriyada PKKning hududiy hukmronligini yo'q qiladigan bir harakat yo'nalishi qabul qilindi. Shu doirada bahor oylarining kelishi bilan PKK terror tashkilotining Iroq shimolidagi qishki bazasidan chiqqan oldinga  boshpana  hududlari Panja- qulf operatsiyasi bilan nishonga olindi. F16 va SIHA  tomonidan nishonga olingan hududlarda TQK havo-desant operatsiyalari bilan komandolarni uzatish orqali hududdagi hukmronligini kengaytirmoqda . Ayniqsa Avashin Basyan va Zap mintaqalarida yangi hududlar TSK nazoratiga o'tadi, mintaqadagi g'or va tunnellar samarasiz holga keltiriladi. Hozirgacha tashkilotning 60ga yaqin aʼzosi  yo’q qilindi.

Tashkilot "Panja- qulf" operatsiyasi bilan bosim ostida qolar ekan, qishki bazadan chiqib ketish va Turkiyaga qarshi yangi terror harakatlarini amalga oshirish imkoniyatlari ham yo'q qilindi. Turkiyaning Iroq va Suriyadagi samarali transchegaraviy harbiy amaliyotlari katta darajada natija berdi va tashkilotning Turkiya ichida harakat qilish imkoniyatlari ham minimallashtirildi. Oxir oqibat, TQK kelgusi haftalarda Iroqdagi faoliyat sohalarini kengaytirib, tashkilotni nishonga olishda davom etishini taxmin qilishimiz mumkin. TQK joriy strategiyasi bilan tashkilot xavfsiz zona sifatida ko'rgan  boshpana  hududlarni nishonga olishni va muhim logistika liniyalarini kesib, kichik hududlarda siqib, oxir-oqibat uni butunlay yo'q qilish orqali tashkilotni izolyatsiya qilishni maqsad qilgan.

 Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr va mulohazasini e’tiboringizga taqdim  etdik.


Tanlangan kalimalar: #Operatsiya , #Panja- qulf , #PKK , #Terror , #Turkiya

Aloqador xabarlar