Kun tahlili 33- qism

Rossiyaning Ukrainani bosib olishi ikkinchi oyga kirgach, maydonda jiddiy muvaffaqiyatsizlik yuz bermoqda. Putin katta va ulkan maqsadlar bilan boshlagan urushda Rossiya Kiev frontidan butunlay chiqib ketishiga toʻgʻri keldi.

1812726
Kun tahlili 33- qism

       

 

       Ukraina urushidagi so'nggi vaziyat

Rossiyaning Ukrainani bosib olishi ikkinchi oyga kirgach, maydonda jiddiy muvaffaqiyatsizlik yuz bermoqda. Putin katta va ulkan maqsadlar bilan boshlagan urushda Rossiya Kiev frontidan butunlay chiqib ketishiga toʻgʻri keldi. Urush ayniqsa Donbas mintaqasi va Mariupolda davom etmoqda. Biroq, Rossiya uchun katta harbiy yo'qotishlar mavjud. Rossiyaga nisbatan xalqaro

izolyatsiya va sanksiyalar kuchaymoqda. Ayniqsa, Bucha kabi mintaqalardagi voqealar jiddiy xalqaro g'azabga sabab bo'ldi.

SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohzasini  taqdim etamiz...

Rossiya Prezidenti Putin Ukrainaga katta va ambitsiyali maqsadlar bilan bostirib kirish orqali qisqa vaqt ichida oʻziga yaqin hukumatni maʼmuriyatga olib kelishini oʻyladi. Ammo Rossiya armiyasi Ukrainada tom ma'noda botqoq bo'lib qolganga o'xshaydi. Armiya Kiev frontini deyarli qochib ketayotgandek  tark etishga majbur bo'ldi. Hozir ular Donbas atrofida Ukraina armiyasi bilan qo‘shimcha kuchlar bilan jang qilmoqda. Mariupoldagi uy-joy to’qnashuvlar  ham davom etmoqda. Rossiya armiyasi birinchi davrdagidek bo'lmasada katta yo'qotishlarni davom ettirar ekan, Kiev frontidagi g'alaba bilan ma'naviy ustunligini mustahkamlagan Ukraina armiyasi endi Donbasni himoya qilishga harakat qilmoqda.

G'arb davlatlarining Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordami ortib bormoqda. Asimmetrik quvvat elementi bo'lgan MANPAD va tankga qarshi qurollar o'tkazish davom etar ekan, Slovakiyaning yuqori saviyadagi  havo mudofaa tizimi S300'lari ham Ukrainaga topshirildi. Yana kuchliroq qurol tizimlari uzatilishiga ishoralar  mavjud.

Bularning barchasi maydonda ro'y berayotgan bir paytda Buchadan  olingan tasvirlar dunyoni chuqur larzaga keltirdi. Taxminan 34 kun Rossiya ishg'oli ostida bo'lgan mintaqada deyarli qirg'in sodir bo'ldi. Ommaviy qotilliklar va qabrlar fosh bo‘layotgan bir paytda, zo‘rlanganliklarini da’vo qilayotgan ayollarning gaplari haqiqatdan qo‘rqinchli. Buchadagi suratlar xalqaro jamoatchilikning Rossiyaning nohaq ishg'oliga nisbatan g'azabini yanada oshirdi.

Xalqaro izolyatsiya va Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchaygani sari, Putinning ishg‘olga bo‘lgan talabi o‘z kuchini ham, davlatini ham boshi berk ko‘chaga tortmoqda.

Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha  fikr va mulohazasini taqdim etdik.


Tanlangan kalimalar: #So'ngi vaziyat , #Ursh , #Rossiya

Aloqador xabarlar