Kun tahlili - 15

Yaqin sharqda normallashtirish sa’y-harakatlari.

1745812
Kun tahlili - 15

Yaqin Sharqda davlatlar oʻrtasidagi taranglik kamaygan, nisbatan tinchlangan davrga kiryapmiz. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) valiahd shahzodasi Muhammad bin Zaidning Turkiyaga tashrif uyushtirib, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan uchrashuv oʻtkazishi, bu jarayonning eng muhim koʻrinishlaridan biridir. Turkiya bilan Saudiya Arabistoni va Misr oʻrtasida ham muzokaralar davom etmoqda. BAA Eron bilan ham xuddi shunday jarayonni boshlatish harakatida. Xoʻsh, bu normallashtirish sa’y-harakatlari muvaffaqiyatga erishadimi?

BAA valiahd shahzodasi Muhammad Bin Zaidning Anqaraga tashrifi uyushtirib, Prezident Erdo‘g‘an bilan uchrashishi, ko‘plab shartnomalar imzolanishi va 10 milliard dollarlik sarmoya kiritilishining e’lon qilishi Yaqin sharqdagi yangi “muvozanat” izlash jihatidan muhim ko‘rsatkich deb qayd etildi. Oxirgi oylarda mintaqadagi deyarli barcha mamlakat, toʻqnashuv oʻrniga muloqat va murosa qilish payida. BAA nafaqat Turkiya bilan balki Eron bilan ham xuddi shunday izlanishga kirishdi. Turkiya ham Saudiya Arabistoni, Misr va Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga harakat qilmoqda.

Xoʻsh, birdaniga nimalar sodir boʻldi-yu mintaqa davlatlarining munosabati oʻzgara boshladi?

Bu vaziyatni izoh etish uchun bir necha omilga e’tibor qaratmoqchiman. Ulardan biri Bayden davri va AQShning mintaqadagi siyosati. BAA va Saudiya Arabistoni bundan buyon toʻgʻridan-toʻgʻri, hech qanday shartsiz AQShdan yordam ololmayapdi. Hatto Afg‘onistondagi voqealar va Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yaqin Sharqdan asta-sekin qo‘shinlarini olib ketayotgan ko‘rinishi, yuqorida nomi tilga olingan davlatlarni jiddiy tashvishga solgandek. Shuning uchun ular Turkiya va Eron kabi davlatlarga nisbatan keskin pozitsiyalarini qayta koʻrib chiqishga majbur boʻlgan boʻlishlari mumkin. Ikkinchidan esa Arab bahori va xalq harakatlari avvalgi faolligini yo‘qotdi. Koʻrfaz mamlakatlari va Misr kabi davlatlarning hukmdorlari hozircha qoʻldan boy berishlik xavfini his qilishgani yoʻq. Shu bois ular bu xalq harakatlarining homiysi va namunasi sifatida qabul qilgan Turkiyani ham avvalgidek jiddiy tahdid sifatida koʻrmayapdi. Uchinchidan, mintaqaviy toʻqnashuvlar va vakolat urushlarida hech qaysi davlatning gʻolib boʻlolmasligi anglashildi. Qolaversa, iqtisodiy jihatdan ham bu kurash oqibati kun oʻtgan sari ogʻirlasha boshladi.

Mintaqa davlatlarining normallashuv intilishilariga yuqorida qayd etilgan omillar yoʻl ochgan boʻlishi mumki. Lekin Yaqin Sharqda doimiy normallashuv haqida gapirishga hali erta. Chunki Suriya va Yamandan Liviyaga qadar ko‘plab mojaro hududlarda vaziyat hali hanuz oʻzgarmadi. Va mintaqadagi davlatlarning pragmatik tabiati, institutsional tuzilmalarning zaifligi, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan global o‘zgarishlar, ayniqsa, AQShning harakat tarzining farqli tus olish ehtimoli noaniqlik yaratishni davom etmoqda.

Jan AJUN

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Tashqi siyosat bo‘yicha ish olib borgan vakili.

 


Tanlangan kalimalar: #Yaqin Sharq , #Muhammad bin Zaid

Aloqador xabarlar