Kun tahlili 77-qism

Kuni kecha Brusselda bo’lib o’tgan NATO sammiti doirasida maroq bilan kutilgan mavzulardan biri Turkiya-Amerika munosabatlari edi. Erdo’g’an-Bayden uchrashuvi o’tmishdagi uchrashuvlarda bo’lgani kabi o’ta nozik uchrashuv bo’ldi.

1660343
Kun tahlili 77-qism

 

Kuni kecha Brusselda bo’lib o’tgan NATO sammiti doirasida maroq bilan kutilgan mavzulardan biri Turkiya-Amerika munosabatlari edi.

Erdo’g’an-Bayden uchrashuvi o’tmishdagi uchrashuvlarda bo’lgani kabi o’ta nozik uchrashuv bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu Bayden hukumati bilan Turkiya o’rtasidagi kelgusi bir necha yillik davrga ta’sir ko’rsatishi jihatidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiya ikki tomonlama munosabatlarda uchta tamoyilni asosiy o’ringa chiqardi. Bulardan birinchisi, ikki tomonlama munosabatlarni aniqlash uchun kontseptual asosni qayta tiklash edi.

Chunki, qahraton urush ortidan ikki tomon ham munosabatlar darajasini aniqlash uchun bir qator terminlarni qo’lladi. “Strategik sheriklik” va “hamkorlik modeli” kabi aslida ikki tomonlama munosabatlar jihatidan ichi bo’sh bo’lgan kontseptsiya qo’lladi. Bulardan ba’zilarining ichi hech qachon to’ldirilmadi yoki qisqa muddatli munosabatlarga yo’naltirilgan prixologik muhit yaratishdan nariga o’ta olmadi. Shu sababli, o’z mustaqilligiga hurmat ko’rsatadigan va muvozanatli aloqa o’rnatishni talab qildi.

Ikkinchisi esa, ikki tomonlama munosabatlarning haqiqatga to’g’ri kelishi edi. Turkiya haqiqatdan yiroq soxta munosabatlardan foyda yo’qligini eslatdi. Vashington hukumati esa rasmiy Anqaraning haqiqatdan yiroqlashgan Turkiya-Amerika munosabatlarini davom ettirishga xohshi yo’qligini tushunib yetdi. Baydenning so’zlari Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi mavjud muammolarni hal qilishga xayrixoh ekanligini ko’rsatdi.

Turkiya-Amerika munosabatlarining eng nozik bosqichi haqiqatga to’g’ri kelmagan mavzularda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar edi. Uchrashuvda PYD-YPG, FETO (Fathulloh Gulen harakati), S-400 bilan bog’liq mavzular takror muhokama qilindi. Bundan tashqari, AQShning dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshilik ko’rsatish to’g’risidagi qonuni doirasida joriy etgan sanksiyalarni bir chetga surib, ko’rmaslikka olinishining mumkin emasligi tilga olindi. Ikkala yetakchi ham ushbu mavzu bo’yicha tegishli vazirliklarning o’zaro aloqa o’rnatishini ifoda etdi. Shu munosabat bilan kelgusi davrda ba’zi muammolarning yengillatilishi kutilayotganini aytish mumkin.

Uchrashuvlarda ustida alohida to’xtalib o’tilgan yana bir xusus shuki, Turkiya-Amerika munosabatlarini davom ettirishni yo’lga qo’yish edi. Uchrashuvdan keyingi bayonotlardan ma’lum bo’lganidek, ikki davlat ham munosabatlarni bardavom qilishga xayrixohlik bildirdi.

Turkiya va Amerika ushbu uch tamoyil ustida astoydil kelishib olsa, ana o’shanda muammolarni yana ham haqqoniy muhokama qilish imkoniyati tug’iladi. Turkiyaning xalqaro maydonda tobora kuchayib borayotgan obro'si va tashqi siyosiy faolligini e'tibordan chetda qoldiradigan tashqi siyosat strategiyasi mag’lub bo’lishga mahkumdir. AQSh buni sezib, tushunib turganini aytish mumkin. Shu sababli, NATO sammiti Turkiya-Amerika munosabatlarida yangi sahifa ochish uchun zamin yaratdi desak mubolag’a bo’lmaydi”

                                                                                                                                                                            Prof. Murat Yeshiltash

                                                                                                  SETA tashkilotining xavfsizlik bo’yicha tadqiqotlar bo’limi rahbari

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Jo Bayden , #Amerika , #Turkiya

Aloqador xabarlar