Turkiyaning terrorga qarshi kurashi

Kun tahlili - 74

1647320
Turkiyaning terrorga qarshi kurashi

Turkiyaning Iroqning shimolidagi PKK terror tashkilotining baza qurish uchun tanlangan mintaqalariga qarshi boshlatgan Panja - Shimshek va Yildirim amaliyotlari  davom etar ekan bugungacha 150 nafarga yaqin tashkilot a’zosi yo‘q qilindi. Turk Qurolli kuchlarining yoz oylari bilan birga tegishli harakatlarni kengaytirgan holda surdirishi kutilmoqda. Turkiya bir tomondan mamlakatdagi tashkilotni nishonga olar ekan ikkinchi tomondan esa, Milliy Razvedka tashkiloti muvaffaqiyatli razvedka amaliyotlari orqali tashkilotning iddio etilgan lider kadrlarini yo‘q qilish bilan ovora.

Turkiya mudofaa doktrinasi doirasida terrorizmga qarshi kurash olib borar ekan, uzoq vaqt mudofaada qolgach endilikda to‘g‘ridan - to‘g‘ri chegara ortidagi harakatlarga yo‘nalib PKK terror tashkilotini Iroq bilan Suriyada nishonga olmoqda. Shuningdek, mamlakat bo‘ylab tog‘li hududlarda tashkilotning barcha baza qurish uchun tanlagan mintaqalariga bir vaqtning o‘zida harakat uyushtirmoqda. Shu nuqtai nazardan, terror tashkiloti Turkiyada deyarli terakt uyushtirish imkonini qo‘ldan boy berar ekan, qishloq joylardagi tashkilot a’zolari soni kamayib, qariyb 250 nafarga yetgan vaziyatda. Bu degani terrorizmga qarshi kurashda tarixiy muvaffaqiyatga erishildi degan ma’noni anglatadi. Bunga qo‘shimcha sifatida Ichki Ishlar vaziri Sulaymon Soylu tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra tashkilot tarkibiga Turkiyadan kirishlar soni deyarli to‘xtagan. Bu yo‘q qilingan har bir PKK terror tashkiloti a’zosi o‘rnining bo‘shatilgani va u boshlikning yangi terrorchilar bilan to‘ldirilmaganidan dalolat beradi.

Turkiya bir tomondan odatiy usullar orqali Iroq va Suriyadagi PKK terror tashkilotini nishonga olar ekan ayni vaqtda Milliy Razvedka tashkiloti ham sohada, inson va texnik razvedka imkonlaridan foydalangan holda PKK rahbarlari va maydondagi qo‘mondonlarini kuzatmoqda. Bugungacha ishlab chiqarilgan bu yangi konsepsiya yordamida o‘nlab oliy darajali terrorist yo‘q qilindi. Oxirgi marotaba, PKKning Suriya sohasidan mas’ul muhim a’zosi Sofi Nureddin yo‘q qilindi. Undan tashqari Doxokda, Garaga yaqin bir nuqtada ham PKKning 4 a’zosi sohadagi inson razvedkasi va havodan qurolli uchuvchisiz havo transportlari orqali bartaraf qilindi. Tashkilotning buyruqni nazorat qilish tuzilmasi deyarli ishdan chiqarildi. Yana ma’naviy turtki nuqtai nazaridan ushbu oliy darajali ismlarning nishonga olinishi alohida o‘ringa egadir.

Turkiya PKK terror tashkilotiga qarshi kurashda, tarixda hech bo‘lib ko‘rmagandek muvaffaqiyatga erishdi. Ham siyosiy iroda va qat’iyat jihatidan ham da Turk Qurolli kuchlari bilan Milliy Razvedka tashkilotining imkon va qobiliyatlari erishgan nuqta bo‘yicha Turkiya muazzam darajada. Mamlakatning ushbu muvaffaqiyati mudofaa sanoati va eksport salohiyatida ham aks etmoqda. Va nihoyat NATO tarkibida o‘rin olgan va Yevropa ittifoqiga a’zo Polshaga 400 million AQSh dollari qiymatida TB2 eksporti ustidan shartnoma tuzildi. Mana shu hamma muvaffaqiyatlar ortida Turkiya tomonidan ishlab chiqilgan tizimlarning faol urush sohasida doimiy ravishda sinovdan o‘tkazilishining ham poyi bor.

Markazi poytaxt Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohada ilmiy – tadqiqot ishlari yuritgan SETA fondining Tashqi siyosat boyicha ish olib borgan vakili Jan Ajunning, “Turkiyaning terrorga qarshi kurashi” deb nomlangan mulohazasini e’tiboringizga havola qildik. 

 



Aloqador xabarlar