Kun tahlili 71-qism

Turkiya va Misr sakkiz yildan buyon davom etayotgan ziddiyatga chek qo'ymoqchi. Bu Sharqiy O‘rta Yer dengizida energetika hamkorligining yangi burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.

1635873
Kun tahlili 71-qism

 

Oxirgi paytlarda Yaqin sharq mintaqasidagi bir necha mamlakat o’zaro munosabatlariga putir yetgan va ba’zan raqobat holatida bo’lgan mamlakatlar bilan murosa qilishga harakat qilmoqda.

Aslida, ba’zi davlatlar o’rtasidagi o’zaro murosa AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp davrida İsroil bilan ba’zi Arab mamlakatlari o’rtasida boshlangandi. Biden prezident bo’lib saylangangach, Yaqin Sharq davlatlari o’rtasida diplomatik munosabatlarni yaxshilash jarayoni avj oldi. Ayniqsa mintaqada bir-biriga raqib bo’lgan Saudiya Arabistoni bilan Eron o’rtasidagi iliq so’zlar, ikkala davlat orasidagi munosabatlarning ijobiy tomonga o’zgarishi yo’lida umid paydo qildi. Turkiya ham ushbu jarayonda o’z kun tartibini belgiladi. Turkiyaning İsroil, Misr va Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni qayta tiklashi, Yaqin Sharqda yangi davr boshlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Ayniqsa, shu kunlarda Turkiya bilan Misr o’rtasida diplomatik munosabatlarni qayta tiklash yo’lida muhim qadam tashlandi.

Ikkala mamlakatning milliy xavfsizlik bo’yicha mutasaddilari va tashqi ishlar vazirlarining o’zaro uchrashuvlaridan so’ng, Turkiyadan rasmiy delegatsiya Qohiraga safar qildi.

Turkiya bilan Misr o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning qayta tiklanishi mintaqaviy barqarorlik jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

AQShning Yaman davlatida Saudiya Arabistonini o’z holatiga tashlab qo’yishi va Eron bilan yangi yadroviy shartnomalar tuzishga urinishi Yaqin sharq mintaqasida yangicha siyosiy muhit yaratdi. AQShning Yaqin Sharq bo’yicha maxsus vakili McGurk Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Iordaniyaga borib, Eron bilan yadroviy shartnoma tuzilishida xavotirlanarli holat yo’qligini tushuntirmoqchi ekanligi ham kunning dolzarb mavzusiga aylandi. Bu borada AQShning Yaqin Sharq bo’yicha birinchi rejasi Eronning yadroviy dasturini nazorat ostiga olish va Eron rahbariyati bilan shartnoma tuzishdan iborat. Qolaversa, Rossiya va Xitoy kabi davlatlarning Yaqin sharqda tobora yaqinlashib borayotganligi AQShni xavotirga solmoqda. Shu sababli mintaqadagi siyosiy tomonlar, o’zaro muammolarini hal qilib munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqdalar. Turkiyaning Misr bilan yaqinlashuvini ham ushbu jarayonning bir parchasi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Sharqiy O’rta yer dengizi yurisdiksiyasi va Liviya mavzusi Anqara bilan Qohira o’rtasidagi yaqinlashuvning eng muhim sabablaridan biri sifatida namoyon bo’lmoqda. Ayniqsa, Liviyada yangi hukumat ish boshlagandan so’ng, Misr bilan Turkiya Liviya siyosati bo’yicha hamkorlikda ish olib borishi mumkin. Chunki, har ikkala davlat, Liviya bo’yicha hamkorlikdan to’liq manfaatdor ekanligini sezib turibdi.

Sharqiy o’rta yer dengizidagi energiya manbalari ustida kuchli raqobat ikki mamlakat uchun ham foyda olib kelmasligi anglashildi.

Gretsiya bilan shartnoma imzolagan Misr, ushbu shartnomaning Misr davlatining manfaatiga zid ekanligini ham bilib turibdi. Shu sababli Turkiya bilan Sharqiy O’rta yer dengizidagi energiya bo’yicha hamkorlik qilishi  Misr uchun yana ham foydali bo’ladi. Ushbu ikki mavzu Turkiya va Misr munosabatlarini qayta tiklash yo’lida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Ikki mamlakat kun tartibidagi yana bir masala  “Musulmon birodarlar” tashkiloti bo’yicha mavzu hisoblanadi, biroq bu mavzu hozircha bir chetga surib qo’yilgan vaziyatda. Chunki, ikki mamlakat o’rtasida bundan yana ham muhiroq geosiyosiy mavzular ko’ndalang turganini aytish mumkin.

Shuningdek, Turkiya bilan Misr orasidagi munosabatlarning qayta tiklanishi nafaqat Liviya muammosi, balki mintaqadagi vaziyatni tinchlantirish salohiyatiga ega.  Agarda ushbu munosabatlar yo’lga qo’yiladigan bo’lsa, mintaqadagi siyosiy bo’xronning pasayishi ehtimoldan holi emas.

                                                                                                                                                                    Professor Murat Yeshiltash

                                                                                                                 SETA tashkilotining xavfsizlik tadqiqotlari bo’yicha vakili


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Misr

Aloqador xabarlar