AQShdagi saylov ortidan dunyo siyosatini nimalar kutmoqda?

Kun tahlili - 43

1514830
AQShdagi saylov ortidan dunyo siyosatini nimalar kutmoqda?

Joriy yilning 3 - noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQShdagi prezidentlik saylovini Covid - 19 pandemiyasi tom ma’noda larzaga soldi. Dastlabki yillarini o‘z jamoasini tashkil etish bilan o‘tkazgan Tramp bir qator nozik lavozimlarga yo hechkimni tayin qilolmadi yoki tayin qilinganlar ko‘p o‘tmay o‘z lavozimlarini tark etishga majbur bo‘ldi. Milliy xavfsizlik masalalarida uch boshqa maslahatchi bilan ishlashga majbur bo‘lgan Trampning, tashqi ishlar va mudofaa vazirlari masalasida ham ishlari xohlaganidek ketmadi. Birinchi davrdagi shokini qattiq tashqi siyosat so‘zlari bilan yengishga uringan Tramp, prezidentligining o‘rtalarida ishdan bo‘shatilishi ustidan boshlatilgan tergov ishlariga qarshi kurashish bilan ovora bo‘ldi. Uning 2016 - yilgi saylovlarda Rossiya bilan qurgan munosabati, Tramp va uning saylovoldi guruhini, ancha muammoga duchor qildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Prezidentligining oxirgi yilida esa Covid - 19 pandemiyasiga qarshi kurashishga majbur qolgan Tramp, pandemiya yo‘l ochgan keng ko‘lamli va chuqur muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatli bo‘lolmagandek. Aslida olib qaraganda Covid – 19 dan oldin iqtisodiy vaziyatni yaxshilagan va AQSh kuchini takror qozonish uchun yo‘lga qo‘ygan qattiq savdo siyosatlari bilan amerikalik saylovchilar ko‘z oldida e’tibor qozongan Tramp, pandemiya bilan birga yomonlashgan iqtisodiyotning eng asosiy javobgari sifatida ko‘rsatilmoqda. Shu bois raqibi Biden saylovoldi so‘rovnomalarga ko‘ra Trampdan oldinda. Saylovda kimning g‘alabaga erishishini ayitsh hozircha imkonsiz lekin u kim bo‘lishidan qat’iy nazar, dunyo siyosatini terang noaniqlik davri kutmoqda.   

Tramp, saylovoldi faoliyatlarida AQShga takror kuch qozondirish mazmunidagi “Avvalom bor Amerika” shiorini aytishni tanlar ekan AQShning bundan buyon, dunyo siyosatida qanday o‘rin olishi borasida ham turli va’dalar bermoqda. Ortda qolgan 4 yil e’tiborga olingudek bo‘lsa unda global tizimda yana - da kamroq rol olgan va o‘z ichiga yashirinib, ichkaridagi muammolarni hal qiladigan AQSh tasavvur qilinadi. Biden esa AQShning global tizimga takror qaytishini ta’minlaguvchi tashqi siyosat yo‘lini tanlagandek. Qaysi nomzod yutib chiqishiga qaramay muhim uch xususni ta’kidlashda foyda bor.

Ularning biri, AQShning dunyo siyosatidagi o‘rni bo‘yicha. Ya’ni agar Tramp saylansa unda AQShning Covid - 19 pandemiyasining ham ta’siri bilan dunyo siyosatida yana - da aniq o‘rin olishi kuchli ehtimollar orasida kuzatilmoqda. AQSh bilan Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat, bularning eng birinchi qatoriga kiritilgan. Unga ko‘ra Trampning AQShni battar ichkariga yashirib, Xitoyga e’tibor qaratishini aytish mumkin. Bunday ehtimolning haqiqatga aylanishi, AQSh xalqaro tusdagi javobgarchiligiga kamroq qiziqadi degan ma’noni anglatadi. BMT bosh bo‘lish bilan birga global boshqaruv institutlari bilan AQSh o‘rtasidagi aloqa bunday senariyda yana - da zaiflashi mumkin va AQSh xalqaro tizimda o‘zi uchun kamroq rol dizayn qilish imkoniga ega bo‘ladi.  

Ikkinchi xusus esa Bidenning saylanishi bilan bog‘liq. Bunday vaziyatda AQSh xalqaro siyosatdagi o‘rnini qayta tiklab, liderligini takror qo‘lga kiritish payiga tushadi. Eng qizig‘i bu iddio ham AQShning Xitoy bilan katta raqobatga kirishiga yo‘l ochadi. Boshqacha qilib aytganda ikkala lider ham Xitoy masalasi bilan ovora bo‘lishga majbur bo‘ladi. Shunga qaramay Biden saylansa unda Amerika tashqi siyosatining yana da faol tus olishini kutish mumkin. Biden saylovoldi faoliyatida Tramp davrida qo‘ldan boy berilgan Amerika kuchining qayta tiklanishini ta’minlovhi yo‘l xaritasi o‘rtaga qo‘yishga urindi. Bu degani, xalqaro muammolar bilan ko‘proq qiziqish degan ma’noni anglatadi. Buning Trampdan farqli tomoni samarali NATO va BMT, shuningdek, Amerika diplomatiyasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Uchinchi xusus esa ikkala ehtimolda ham AQShning ko‘zlagan maqsadiga erishib - erishmasligidir. Trampnnig izolyatsiya siyosatini davom ettirishi bilan Bidenning globalchi siyosatini surdirishi va nihoyat bitta natijaga yetaklamoqda. Bundan voz kechish ham, xalqaro tizimni takror nazorat qilish ham qulay emas albatta. Shuning uchun dunyo siyosati AQShdagi prezidentlik saylovi ortidan nihoyatda harakatli tus oladi. Bularga Covid - 19 pandemiyasini ham ilova etsak unda dunyo siyosatining bugungi kundagidan ham katta kurashga duch kelishi aniq.

 

Yozuvchi, dotsent doktor Murat Yeshiltash

SETA

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Tramp , #Biden

Aloqador xabarlar