Liviya muammosi va uni hal qilish yo‘llari

Kun tahlili - 39

1497240
Liviya muammosi va uni hal qilish yo‘llari

Liviyadagi oxirgi voqealar harbiy maydondan siyosiy maydonga o‘tar ekan shu bilan birga turli xil dinamikalarni ham harakatlantirdi. Marokash va Montreda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlar ortidan Prezidentlik kengashini qayta qurish niyati va fikri kuchga kirdi. Shu bois Tripoli va Bingazida yuz bergan xalq namoyishlari yo‘l ochgan ichki siyosiy taranglikka parallel ravishda Liviya Milliy kelishuv hukumati Bosh vaziri Sarroj va “Xafterning Bosh vaziri” deyilgan Tinni o‘z vazifasidan ketishlari haqida bayonotlar berdi. Sarrojning oktabr oyida o‘z vazifasini topshirishi haqidagi so‘zlari, Prezidentlik kengashining yangi tuzilishi va siyosiy zaminning toyg‘oqlik yangi tarangliklardan hozirdan xabar bermoqda.

***

Xafterni qo‘llab – quvvatlagan davlatlarning, o‘z tarafdorlarini davlat organlarining eng nozik o‘rinlariga olib kelish harakatlarining ortishi aniqdek. Bunday vaziyat, Liviyada, o‘zi uchun siyosiy kelajak yaratish payida bo‘lgan kishi va guruhlarni tabiiy ravishda tashqaridan yordam topishga yo‘naltirmoqda. Shuning uchun Liviyaning raqobatga tayangan ijtimoiy va siyosiy tuzilishi yangi koalitsiyalarga yoki tarqashlarga olib kelishi mumkin. Ya’ni Liviyaning ichki siyosiy raqobati murakkab yilga tayyorlanmoqda.  

Siyosiy yechim haqida, Davlat Oliy kengashi raisi Halid Mishriy va Vakillar palatasi rahbari Akila Salih o‘rtasida Marokashda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, Liviyadagi muammoni yechish uchun hal qiluvchi kuchdek ko‘rinmoqda. Konkret bayonot berilmasligiga qaramay hafta ichida Mishriyning Anqarada, Hafter bilan Solihning Qohirada uchrashuvlar o‘tkazishi e’tiborlarni o‘ziga qaratdi. Shuningdek, aslida til topisholmagan Xafter bilan Solihni birga ushlab turish sa’y – harakati ham Sisini qiynamoqda. “Liviya muloqati” deb atalgan Montre uchrashuvlari esa, yana – da konkret voqeadek chiqdi o‘rtaga. Siyosiy jarayonning boshlatilishi va Prezidentlik kengashining qayta tuzilishi, murosaga kelish sarlavhasi deb e’lon qilindi. Natijada, Sarroj ham siyosiy o‘zgarish haqidagi gaplarini huddi mana shu e’londan keyin ayta boshladi.    

Ma’lum bo‘lganidek, Liviya siyosati murakkab tus oldi. Siyosiy muhitdagi harakat ortgan sayin Liviya sohasini nazorat qilishni xohlagan davlatlarning gaplari va sohadagi boshqaruvlar aniq sezila boshladi. Darhaqiqat, Turkiya va Rossiya o‘rtasida Liviya masalasi ustidan olib borilgan muloqatlar ham boshqa mamlaktlarni o‘ylantirmoqda. Lavrovning bu hafta mobaynida “Turkiya bilan murosa qilish” haqidagi bayonotlari ham vaqt jihatidan e’tiborlarni o‘ziga qaratmoqda. Chunki ikkala mamlakatning bir xil xususiyati bor. U ham bo‘lsa ularning Liviyadagi harbiy o‘rni.

Liviyaning siyosiy kelajagi uchun Xafter bilan Solih va ularni qo‘llab – quvvatlagan davlatlarning mushtarak talabi Rossiya bilan Turkiyaning Liviyadagi o‘rnini yo‘qotishdir. Aslida, AQShning Rossiyaning mavjudligiga bo‘lgan munosabatini AQShning Afrika qo‘mondonligining bayonotlarida aniq uchratish mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Turkiyani ham ruslar bilan bir xil ko‘rishga moyilligi kuchlidek. Bundan tashqari, AQShning harbiy va siyosiy tashvishlardan tashqari iqtisodiy jihati bo‘lgan tashabbuslari e’tibordan chetta qolmadi. Masalan, AQSh Liviyada neft daromadlarini Amerika bankida nazorat qilmoqchi. Amerika banki orqali Markaziy bank hisoblarini nazorat qilish va moliya sohasida hukmronlik qilish payida. Shuningdek, Liviyaning xavfsizlik tarmog‘ini isloh qilish masalasini AQShning Jones deb nomlangan firmasiga tender yo‘li bilan mudofaa mahsulotlarini eksport qilmoqchi. Shu bilan birga, AQShning buni amalga oshirishi uchun Turkiya bilan hamkorlik qilishi aslida AQSh uchun majburiydir.

AQSh bilan bir qatorda Germaniyaning ham xalqaro hamjamiyat bilan liviyalik siyosatchilar oldida siyosiy tashabbuslarini oshirgani kuzatilmoqda. Germaniya elchisi Oliver Oucha hafta davomida bir tomondan liviyalik vazirlar bilan uchrashib, ikkinchi tomondan Liviya muassasalariga tashrif buyurdi. Kun tartibiga, Liviya infratuzilmasining yaxshilanishi uchun yo‘l ko‘rsatish kabi masalalar olib chiqilishiga qaramay bundan maqsad siyosiy yechimdan keyingi tijorat muhitini tayyorlash ekanligi yaqqol ko‘rinib turipdi.

Rossiya va Turkiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarga paralel ravishda Liviyada initsiativani qo‘lga olish muhimdir. Buning uchun ham Liviya siyosatini shakllantirish, ham da boshqa davlatlarni sohadan chiqarib tashlash darkor. Bu doirada turk – rus murosasiga javob tariqasida AQSh va Germaniyaning tashabbusi bilan ikkinchi Berlin konferensiyasining yig‘ilishi rejalashtirilmoqda.  

Konferensiyada murosa va siyosiy yechim so‘zlarini to‘xtamay takrorlagan aktyorlar, qabul qilingan qarorlarni qabullanish nuqtasiga turtilishi ehtimol. Shu doirada Rossiya va Turkiya o‘rtasida olib borilgan uchrashuvlarning Liviyaga qarashli qismi “ma’nosiz” qolishi mumkin. Chunki, konferensiyada chet ellik kuchlarning Liviyani tark etishi talabi ayniqsa AQSh tomonidan talab qilinishi mumkin. Ichki siyosiy muvozanatlarning o‘zgarishi ham bu konferensiya natijalarining Liviyaga bo‘lgan aksiga ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda ikkinchi Berlin konferensiyasida qabul qilinadigan qarorlarga parallel ravishda, Liviyaga aralashgan davlatlar orasida yangi ittifoq tuzilish ehtimoli bordek. Liviya siyosatining ham bunga ta’sir qilishi, ham da yangi tuzilmalardan foydalanish ehtimolini kutish mumkin.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Liviya muammosi

Aloqador xabarlar