Kun tahlili 38-qism

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning tashqi kuchlarning Suriya bo'yicha siyosati haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1493020
Kun tahlili 38-qism

 

2011 yili boshlangan Suriya inqilobi asta-sekin faqatgina ichki nizolardan tashqari, mintaqaviy va global kuchlar kurashining qoq markaziga aylandi. Mamlakat hududlaridagi kurash tashqi kuchlarning aralashuvi bilan urushga aylandi. Inqilob boshlangandan buyon Suriya siyosatida eng faol davlatlar Turkiya, Rossiya va Eron ekanini kuzatish mumkin. Turkiya suriyalik muxoliflarni qo’llab-quvvatlar ekan, Rossiya va Eron esa, Asad rejimini qo’llab-quvvatlashda davom etmoqda. AQSh esa Suriya siyosati bo’yicha ikkilanmoqda.

Suriya inqilobining dastlabki yillarida AQSh va boshqa bir qator g’arb davlatlari rejimga qarshi Suriya muxolifatini qo’llab-quvvatlar ekan, DEAShning o’z maydonini kengaytirishi va Rossiyaning aralashuvi bilan muxoliflarni qo’llab-quvvatlashdan voz kechdilar. AQSh terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori YPG va uning siyosiy jabhasi PYD bilan harbiy hamkorlik qilib, ayniqsa mamlakat shimoli-sharqida o’z safini kengaytirdi. Boshqa g’arb davlatlari esa hamon Suriya muxolifatini qonuniy deb atashiga qaramay, ularga aniq yordam bermayotir. AQSh esa, Suriya siyosati bo’yicha turli nayranglar uydirishda davom etmoqda. Obama davrida “qizil chiziq” e’lon qilib, ortidan bu so’zidan qaytar ekan, Obamaning aslida shaxsan Rossiyaning 2015 yili Suriyaga harbiy yurish qilishiga zamin yaratgani ma’lum bo’ldi.

Tramp davrida esa, AQSh harbiylarini hududdan chiqarishga qaror berilsa ham, maydonda AQSh markaziy kuchlar qo’mondonligi va AQShdagi turli pozitsiyalar Trampni butun  hududni tark etishdan voz kechirishga muvaffaq bo’ldilar. Bu jarayonda neft omili Trampni ko’ndirishga turtki bo’ldi.

Xozirda AQSh harbiylari Firot sharqida Rimelan hududidan Deyr-uz Zorgacha bo’lgan neftga boy hududlardagi nazoratini davom ettirmoqda. Ayni vaqtda, u yerdagi terror guruhlariga yordam berib kelmoqda.

Rossiya esa, Damashq hukumati bilan kelisha olmasa ham uni qo’llab-quvvatlashda davom etmoqda. Davlat butunlay Asad rejimi nazoratida bo’lishi kerakligini ilgari surishiga qaramay, buning real politika jihatidan imkoni yo’qligini sezishi bilan Turkiya bilan siyosiy va harbiy hamkorlikka bel bog’ladi.

Bundan tashqari, Idlib bo’yicha harbiy bosim o’tkazib, Turkiyani o’z foydasiga turli qadamlar tashlashga undamoqda. Bu jihatdan ham Tel-Firot va Menbich hududida YPG terror guruhi bilan aloqalarini davom ettirmoqda. Qolaversa, AQSh bilan Firot sharqida ayniqsa, Malikiya-Fishhabur liniyasida jiddiy dahanaki jangga kirgan vaziyatda. U yerda vaqti-vaqti bilan patrul xizmatini amalga oshirib, AQSh harbiylari bilan qarama-qarshi vaziyatga kelmoqda. Shu bilan AQShni bosqichma-bosqich hududdan uzoqlashtirishni ko’zlamoqda. Rossiya uchun Suriya hududlarida ahamiyatga molik yana bir xusus Eron bilan bo’lgan raqobatdir. Muxoliflarga va DEAShga nisbatan Eron bilan hamkorlikda kurash olib borsa ham, bir tomondan Eronning nazorat kuchini zayiflatishga urinmoqda. Rejimga nisbatan ta’sirini Eronga qarshi kuchaytirishga harakat qilmoqda.

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Ajunning mavzu haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Kun tahlili

Aloqador xabarlar