Burgut panjasi operatsiyasi

Turkiya; Suriya va Liviya bo'ylab harbiy operatsiyalarini amalga oshirar ekan, PKK terror tashkilotiga qarshi ham kurashishda davom etmoqda.

1444058
Burgut panjasi operatsiyasi

 Turkiya; Suriya va Liviya bo'ylab harbiy operatsiyalarini amalga oshirar ekan, PKK terror tashkilotiga qarshi ham kurashishda davom etmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Iroqning Turkiya bilan shimoliy chegarasiga parallel bo'lgan tog'liq hududlar  havo va quruqlik operatsiyasi  va burgut panjasi nomidagi operatsiya bilan  turk desantlari havo orqali amalga oshirgan  operatsiya  bilan ko'plab eng yuqori cho'qqilarni zabt etdi.

Turkiya yangi  bir xavfsizlik doktrinasi  bilan oxirgi yillarda Suriya va  Iroq  kabi mintaqalarda  joylashgan terror tahdidlarini yo'q qilish uchun  ularni nishonga olmoqda.

SETA /  Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Ko'p yillar davomida Turkiya  bo’lginchi marksist va Leninst  mafkurali PKK terror tashkiloti bilan kurashar ekan, so’nggi yillarda yangi bir xavfsizlik doktrinasini  o’zlashtirib  va harbiy strategiya o‘zgartirib  terrorga qarshi kurashmoqda. Chegaradan tashqari to'g'ridan-to'g'ri  terrorni nishonga olib, tahdid Turkiyaga yetib kelmasdan turib  yo’q qilmoqchi. Bu nuqtada ayniqsa terror tashkiloti mintaqadagi tartibsizliklardan foydalanib,  terroristlarning Iroq va Suriyada keng maydonlarga yoyilishi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan, Turkiya  PKKning logistika vositalaridan foydalanib, quruqlik chegaralarini nazorat qilishdan tashqari  Turkiya  tuproqlarida amalga o‘shqiradigan terroristik  hujumlarning oldini olishga harakat qilmoqda.

Turkiya so’nggi yillarda ayniqsa Suriyada Firot qalqoni, Zaytun Novdasi  va

Tinchlik bulog’i nomidagi  keng ko’lamli harbiy bir harakat uyushtirar ekan

 boshqa tomondan esa  terror tashkiloti PKKni to’g’ridan- to’g’ri  nishon olmoqda. Qarorli ravishda boshlagan  ushbu operatsiya  jarayoni Panja harakatlari va eng so’ng boshlatilgan Panj burgut harakati bilan davom etmoqda. Turkiya Iroqning shimolida tashkilot joylashgan tog’lik hududlarni  nishon olar  ekan,  operatsiya bilan tashkilotning logistik poydevori yo’q qilinishga harakat qilinmoqda. Bundan tashqari hududda  tepaliklarga joylashib  nazoratini ta’min etgan  tashkilotning Iroq- Turkiya va Iroq Suriya chizig’ida oson harakat qilishlarining oldini olishga harakat qilmoqda. Yana terror tashkiloti PKK qurshovga olinib yo’q qilinmoqchi.

Albatta, keng ko'lamli harbiy amaliyotlar olib borilar ekan  bir tomondan , sohadagi samarali razvedka yordamida aniqlangan yuqori martabali rahbarlari ham  yo’q qilinmoqda  va tashkilotning buyruq va nazorat tuzilishi yo'q qilinishga harakat qilinmoqda.

Bu yerda, ayniqsa, Turkiyaning milliy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqilgan juda samarali qurollangan uchuvchisiz havo vositalaridan foydalanilganligi  ko'rilmoqda.

Turkiya PKK terror tashkilotiga qarshi o’tmishga nazaran yana ta’sirli  ravishda kurashayotgan  vaziyatga keldi.

SETA /  Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzuga doir  fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Operatsiya , #Burgut panjasi , #PKK , #Turkiya

Aloqador xabarlar