Kun tahlili 16- qism

Aytish mumkinki, koronavirus epidemiyasi 21-asrning eng muhim rivojlanishi hisoblanadi. Aslida, bu vaziyat korona epidemiyasi bilan birga global miqyosda o'zgarishlarga olib kelishi haqidagi izohlarni keltirib chiqarmoqda.

1399556
Kun tahlili 16- qism

Aytish mumkinki, koronavirus epidemiyasi 21-asrning eng muhim rivojlanishi hisoblanadi. Aslida, bu vaziyat korona epidemiyasi bilan birga global miqyosda o'zgarishlarga olib kelishi haqidagi izohlarni keltirib chiqarmoqda. Bularning eng ahamiyatlisi, dunyo tartibini o'zgartiradigan narsalardir. Ko'pgina mutaxassislar yangi dunyo tartibining paydo bo'lishini taxmin qilishadi, bu hozirgi dunyo tartibining o'zgarishi bosimiga duchor bo’ladi demoqdir. Albatta, biz global miqyosdagi yangi jarayonga kirishimizga shubha yo'q. Biroq, dunyo nizomi   korona epidemiyasidan keyin tubdan o'zgarishga duch kelmoqda va bu muqarrar deb aytish  ham mumkin emas. Ushbu yondashuv aslida korona epidemiyasi sabab bo'lgan psixologik kayfiyatning bir parchasidir. Xo'sh, nima uchun korona global miqyosda tarkibiy o'yinlarni o'zgartiruvchi emas? Bunga javob berish uchun dunyo tartibining fenomeniga va uning qanday rivojlanayotganiga qarash kerak.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz...

So'nggi besh asrda jahon siyosatiga dunyo tartiblari nuqtai nazaridan qarasak, uchta asosiy  unsur paydo bo'lganligini ko'ramiz: hokimiyat taqsimoti, siyosiy iqtisod va xalqaro normalar / qoidalardir. Hokimiyat taqsimoti (katta) kuchlararo raqobatning asosiy yo'nalishini belgilab qo'yadi, siyosiy iqtisod to'g'ridan-to'g'ri tizim qoidalarini, xalqaro normalarni va  xalqaro sotsializatsiya jarayonlarini bevosita belgilab beradi.

Masalan, hokimiyat taqsimoti uchdan ortiq davlat o'rtasida taqsimlanadigan bo’lsa,  tizimda dunyo tartibi ko'p kuchga ega deyish mumkin,  agar u ikki kuch o'rtasida taqsimlanadigan  bo'lsa, u ikki qutbli, agar bitta aktyor  mavjud bo'lsa, u  bir qubli hisoblanadi. Ko'rinadiki, dunyo tartibining bir qutbdan boshqasiga o'tishiga imkon beradigan asosiy dinamika esa  urushdir.

Har bir yirik urushdan keyin hokimiyat taqsimotida yangi muvozanatni keltirib chiqaradi, global tartib har bir urushdan keyin yangi paradigma asosida qayta tiklanadi. Ushbu paradigmaning asosini tashkil etuvchi unsurlar iqtisodiy tizim va me'yorlar global miqyosda boshqalarning mavqe,  rol va harakat usullarini belgilaydi. Davlatlar  sifatida, agar siz tizimga moslashsangiz, yoki  tizimga qarshi chiqsangiz  yoki tizimning afzalliklaridan foydalanish uchun tizimga qo'shilishga harakat qilishingiz mumkin.

Koronadan keyingi dunyo tartibini yangisi bilan almashtirish uchun, korona epidemiyasi hozirgi kuch taqsimotida o'zgarishlarga olib kelishi kerak,  bunga parallel ravishda iqtisodiy tuzilma va tuzilmani boshqaruvchi aktyorlar yoki aktyorlarning  tizimning ish mexanizmlarini o'zgartirishga olib keladigan bo’lsa,  yangi normalar asosiyda  yangi global rejimlarni yaratadigan tuzilmaviy tadbirlarni amalga oshirishlari kerak.

Ko'rinib turibdiki, hozirgi dunyo tartibni  kuchlarni taqsimlash nuqtai nazaridan Amerikaning ustunligiga asoslanadi, ammo  bu bir qutbli emasligi  yaqqol ko’rininib turibdi. So'nggi yillarda  kuch  taqsimlashda jiddiy tanaffuslar kuzatilmadi. Masalan, o'rta kattalik kategoriyasiga joylashtirilishi mumkin bo'lgan biron bir aktyor ushbu kuch holatini o'zgartirmagan va shu bilan katta quvvat maqomiga erishmagandir.

 

Yoki katta  kuch maqomiga ega bo'lgan kuchlar moddiy kuchlarini oshirib, katta kuch mavqeiga erisha olmaganlar. Eng muhimi shundaki, super kuch maqomida bo'lgan AQShning kuch holatida har qanday  bir o'zgarish bo'lmagan kabi, Xitoy kabi aktyorlarning  super kuch maqomiga erishdi deyish  ham mumkin emas. Albatta, global miqyosdagi barcha aktyorlarning hokimiyat holatidagi katta va kichik o'zgarishlar statik xususiyatga ega deb aytish  ham mumkin emas. Biroq, hattoki global tizimda ham ushbu tizim ichidagi mintaqaviy quyi tizimlarda  ham hech qanday katta tarkibiy o'zgarishlar yuz bermagan.

Hozirgi kunda mavjud bo'lgan quvvat parametrlari to'g'risidagi ma'lumotlar,  loronavirusdan  keyin global va mintaqaviy quvvat taqsimotida katta bir  o'zgarishlar bo'lishini aytish uchun yetarli dalil  mavjud emas.  Agar global kuch taqsimotidagi Koronavirus  tufayli yangi vaziyatning paydo bo'lishi ehtimoli zaif esa, biz yangi dunyo tartibining birinchi va eng muhim ustuni o'zgarishsiz qoladi deb ayta olamiz. Bunday holda bizning qarashimiz kerak bo'lgan ikkinchi va uchinchi saviyalar  esa  iqtisodiyot va global normalar  bo'lishi kerak. Iqtisodiyotda ham  shunga o'xshash yondashuvni amalga oshirish mumkin.Chunki iqtisodiyot, ehtimol kuch  hisoblash parametrlari orasida eng muhimi hisoblanadi.

Hozirgi iqtisodiy ma'lumotlarga ko'ra, global kuch taqsimoti  o'zgarishlarga duch keladiganga o’xshamaydi.

Agar eng yomon (yomon emas) ssenariy ro'y bersa,  koronavirsudan  keyin global iqtisodiyotga yetkaziladigan zararlar butun dunyo iqtisodiyotining atigi 5% ini tashkil etadi.

Shuning uchun, agar iqtisodiyotda  kutilmagan o'zgarishlar yuz bermasa, hozirgi global iqtisodiy tartibda katta bir tanaffus  sodir bo'lmaydi. Boshqa tomondan, global me'yorlar (bular iqtisodiy va siyosiy va hokazo)  koronavirus bilan tugaydi, deb bahslashish  esa juda qiyin ko'rinadi.

Shunday qilib, agar kuch taqsimotida o'zgarish bo'lishi mumkin bo'lmasa, hozirgi dunyo tartibining o'rniga yangi dunyo tartibi paydo bo'lishi mumkinmi?

Bu savolga "ha" deb javob berishning iloji yo'q. Biroq, global miqyosdagi o'zgarishlarni talab qilish uchun bizda ko'plab sabablar mavjud. Bu o'zgarish kundalik hayotning o'zgarishi bilan bizning ijtimoiylashuv jarayonlarimizga, davlat funksiyalarining o'zgarishi, erkinlik, demokratiya va millatchilik kabi ko'plab dalillarning o'zgarishiga qadar sodir bo'ladi, deb ta'kidlashimiz mumkin.

SETA / Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dos. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzu bo'yicha fikr va mulohazalarini  e’tiboringizga  taqdim etdik.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iqtisodiyot , #O'zgarish , #Dunyo , #Koronana

Aloqador xabarlar