Kun tahlili 08- qism

Turk va rus aloqalari juda qiyin bir davrdan o’tmoqda

1363707
Kun tahlili 08- qism

Turk va rus aloqalari juda qiyin bir davrdan o’tmoqda

Turkiya-Rossiya munosabatlari odatda o'zgaruvchan bir yo'nalishga  o'tdi. Sovuq urush yillarida ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi darajada edi  deyish mumkin emas. Turkiya 1964 yilda Turkiya-Amerika munosabatlari to'g'risidagi qurol embargosidan  keyin juda muvaffaqiyatli bo'lmagan bo'lsa-da, Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashish siyosatini olib borsa ham  muvaffaqiyatli bo’lmagan.

Sovuq urush tugaganidan keyin Sovet Ittifoqining parchalanishi Moskva va Anqara o'rtasidagi munosabatlarni tiklashga imkon bergan bo'lsa-da, Bolqon, Qora dengiz va Kavkazdagi voqealar va inqirozlar buning oldini oldi.

Ushbu davrda ikkala mamlakat  Sovuq Urushdan keyin yangi dunyo tartibida yangi rol o'ynashga intilishdi.  Shu sababli munosabatlar istalgan darajaga yeta olmadi.

SETA/Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dotsent. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Biroq,  Turkiya  Respublikasi 2000- yillari bilan birgalikda Turkiya va Rossiya  oqilona ravishda aloqalarini yo'lga  yo’l qo'yish uchun sa'y-harakatlar qildi. Moskva Anqarani raqobatchi sifatida ko'rayotganiga qaramay, uni energetikadan tortib tijoratgacha ko'plab sohalarda ishlash uchun  kerak bo'lgan bir  sherik sifatida baholadi. Anqara, o'z navbatida, Rossiyani katta  bir qo'shni va  tabiiy gaz masalasida  Rossiyaga ehtiyoj sezish va mintaqadagi geosiyosiy muammolarni hal qilishdan kelib chiqadigan siyosatni ishlab chiqish uchun Rossiya bilan yaqin munosabatlarni o'rnatishni afzal ko'rdi. yaqinlashtirish davrida Turkiya va Rossiya o'rtasidagi ko'plab sohalarda sheriklik va hamkorlik uchun  sharoitlar  paydo  bo’ldi.

Biroq, Suriya inqirozining boshlanishida  birinchi bosqichda ikki mamlakatni bir-biri bilan raqobatlashishiga olib keldi va keyingi bosqichlarda ular birgalikda ishlashlari mumkin bo'lgan nuqtaga o'tdilar. Birinchidan, 2015 yilida  Turk havo  sohasini poymol qilgani tufayli  Rossiyaning  harbiy samolyotini urib tushirilishi  natijasida ikki mamlakat o’rtasida chuqur bir inqirozning poyda bo’lisiga sabab bo’ldi.  2016-yilda ikki mamlakat  o’rtasida o'zaro o'tkazilgan diplomatiya  faoliyatlar natijasida yangidan kelishuv sharoiti poyda bo’ldi.  O kundan beri Rossiya va Turkiya o'rtasidagi strategik yaqinlashtirish aloqasi  davom etmoqda.

Biroq, so'nggi oylarda Rossiyaning  Suriyadagi   muxolafatning oxirgi markazlaridan  biri bo’lgan  Idlibda Suriya rejimini qo’llab quvvatlashi va  bizoat o’zi  uyushtirgan havo hujumlari tufayli  yangidan Rossiya- Turkiya aloqalarini ko’zdan kechirishga  olib keldi.

Turkiya-Rossiya munosabatlari Suriya bilan cheklangan emas. Moskva Turkiyani  Sochi shartnomasidan kelib  chiqqan mas’uliyatlarni  bajo keltirmaganini iddao etmoqda.  Idlibda  radikal unsurlarning bartaraf etish vazifasini o’zi hal etmoq istaydi.  Turkiya esa ushbu mas’uliyatni  bajo keltirish uchun  Asad rejimi  hujumlarini  to'xtatishi kerak  deb  mudofaa qilmoqda. . Shunday qilib hujumlar to’xtamagan sari  Turkiya   Idlibda  muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin emas.

 

Bu  vaziyat Moskva va Anqara o'rtasida yangi inqirozning paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin va ikki mamlakat o'rtasidagi yaqinlashuv statik  bir davrga qaytishi mumkin ko’rinadi.

Turkiya hukumati o'zaro munosabatlarning  inqirozga tushmasligi uchun ikki mamlakatning umumiy manfaatlarini ta'kidlaydi. Birinchi masala - so'nggi yillarda ikki mamlakatni bir-biriga yaqinlashtirgan S 400  mudofaa tizimi masalasi, AQShning e'tirozlariga qaramay, Anqara S 400 mudofaa tizimlarini  sotib olib, Rossiya bilan  bo’lgan munosabatlariga qanchalik katta  ahamiyat berganini  ko’rsatdi. Bundan tashqari  hamkorliklar, Turkiya va Rossiya o'rtasidagi mudofaa sanoati sohasida  hamkorlik masalasi.  Boshqa tomondan, Turkiyaning  ehtiyojlarini qondirish  uchun atom energiya qo'shma loyihani amalga oshirish va Rossiya bilan yadroviy energiya loyihasi bilan  o'z qobiliyatini isbotlash masalasi. Ushbu ikki  mamlakat sherikligi  Rossiyaning yomon iqtisodiyotiga  katta hissa qo'shadi. Energiya nuqtai nazaridan ikki mamlakat deyarli bir-biriga muhtoj bo'lib tuyuladi. Turkiya, Rossiyaning  tabiiy gazining  eng muhim xaridorlaridan biri. Shunday qilib, u qiymatli  bir mijozdir. Ayni  paytda Anqara   Rus gazini  Turkiya orqali Yevropaga yetkazib beradigan  strategik ahamiyatga ega  bir sherikdir. Shunday qilib   ikki mamlakatda o'zaro bog'liqlik mavjud. Turkiya, Rossiyalik  sayyohlar uchun juda  arzon  bir dam olish yeri hisoblanadi Turkiya  uchun yillik  sayyoh  soni  jihatidan birinchi navbatda Rossiya o’rin olmoqda.

Suriya masalasining  eng muhim umumiy sabablardan biridir, garchi ikki aktyor o'rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo’lsa ham  eng muhim  ikki sheriklardan biri.  Turkiya o’rin olmagan bir diplomatik zamin  Rossiya  harbiy g’alabasini  e’lon qilsa ham  Suriyada siyosiy jihatdan  barqarorlik  ta’min etishi mumkin ko’rinmaydi. Idlibda yana ko’proq tinch aholining o’limiga sabab bo’lish va mahalliy xalqni uy- joyini tark ettirib  Turkiyaga  qarab ketishga majbur qilish Moskva uchun aqlli bir strategiya emas. Ziddiyat Rossiya uchun yana ko’proq moliyaviy kulfat demoqdir. So’nggi haftalarda  AQSh buni bir fursat sifatida ko’ra boshladi va Turk- Rus yaqinlashuvini Idlib orqali buzish uchun ba’zi tashabbuslarda bo’ldi.  Eng oxirgisi oliy darajada AQShlik vakil,  Idlib masalasida Turkiyaning  yonida bo’lishini izoh etdi.

Agar Turkiya va Rossiya Idlib  mavzusida  bir  kelishuvga bora olmasa  Anqara- Moskva orasida yangi bir taranglik poyda bo’ladi. Oxirgi yillarda o’rtaga chiqqan yaqinlashuvning zidi bo’lishi mumkin. Idlib shu bois Turk- Rus aloqalarining  eng muhim sinovlaridan biri va oson yechiladigan kabi  ham ko’rilmaydi. Rossiyaning Turkiya bilan bo’lgan strategik aloqalarini davom ettirishi uchun Idlibda maksimalist talablaridan voz kechishi kerak va rejim hujumlarini tezda to’xtatishi lozim.

SETA/Xavfsizlik masalalari bo'yicha direktor Muallif Dotsent. Doktor Murat Yeshiltashning ushbu mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.  

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Taranglik , #Idlib , #Suriya , #Aloqalar , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar