Kun tahlili 02- qism

Eron va AQSh o'rtasidagi ziddiyat Qosim Sulaymoniyning  AQSh tomonidan Bag'dodda o'ldirilganidan keyin va Eronning AQShni Iroqda nishonga olganidan so’ngra  yanada kuchaydi.

1337988
Kun tahlili 02- qism

                                                   

Eron va AQSh o'rtasidagi ziddiyat Qosim Sulaymoniyning  AQSh tomonidan Bag'dodda o'ldirilganidan keyin va Eronning AQShni Iroqda nishonga olganidan so’ngra  yanada kuchaydi. Eron inqilobiy qo'riqchilar armiyasining Quddus maxsus kuchlari qo'mondoni Sulaymoniy so'nggi davrlarda Eronning mintaqaviy siyosatining tayanchi  hisoblanardi.

Arab qo'zg'olonlari boshlanganidan keyin Sulaymoniy Eronning tashqi operatsiyalarida yetakchi shaxs sifatida oldinga chiqdi. Livan, Suriya, Iroq va Yamanda faol rol o'ynagan va mintaqada shia jangarilarining tashkilotchisi bo'lgan edi.  Bundan tashqari, Sulaymoniy Livandan Yamangacha bo'lgan jangarilar ustidan hokimiyat o'rnatdi va Eronning ichki siyosatda ruhoniy lider Xamenei va Prezident Ruhaniyga qaraganda ko'proq mashhur bo'lgan edi. Sulaymonning roli va majburiyatlarini hisobga olgan holda, uning o'limi Eronni chuqur silkitadigan jarayonni boshlashtishi  mumkin.

SETA/ Xavfsizlik tadqiqotlari bo’yicha  direktori Muallif Dotsent Doktor Murat Yeshiltashning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz...

Sulaymoniyning o'ldirilishi va Eronning zudlik bilan bunga javobi berishi  Yaqin Sharq siyosati 2020 yilda juda ham  qizg’in  bo’lishining  bir  dalildir. AQSh-Eron tarangligi ikki mamlakat o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bir urushga  olib boradimi  yo’qmi noma'lum, ammo  bu ikkala aktyorning uzoq vaqtdan beri yashiringan urushini  yana  ham chuqurlashtiradi. Sulaymonning vafotidan keyin Tehron ma'muriyati qasos olishga va'da berdi va tez orada bu qasamini bajarganligini ko'rsatdi.

Uzoq vaqt davomida og'ir kunlarni boshdan kechirgan Eron jamoatchiligi esa  Tehron ko'chalarida qasos qasamyodi shiorlari bilan  baqirishda davom etmoqda. Bog'dod ko'chalarida  ham Sulaymoniy  bilan birga o'ldirilgan Muhandisi uchun qasos olish uchun shiorlar yangraydi. Hatto yangi qurilgan qurollangan tashkilotlar, katta va kichik bo'lsa ham, ikkalasi ham qasos olishga ahd qilgan fotosuratlarini bo'lishdi. Iroq parlamenti Amerika qo'shinlarini Iroqdan olib chiqishga qaror qildi va hukumatga vakolat berdi. Ichki mojarolar va siyosiy betartibliklarga duch kelgan Iroq bu notinch jarayonni qanday yengib o'tishi katta bir  savoldir.

Iroqliklar AQSh-Eron o'rtasidagi ziddiyatlar va raqobatlar o'z mamlakatlariga ziyon keltirayotganidan xabardor. Ammo ular hech  bir narsa qila olmaydilar.  Na AQSh, na  ham Eron  mustaqil bir Iroq tushunchasini hayotga tatbiq etadigan sehrli  bir formulaga ega emaslar. Boshqa tomondan, Tehron ma'muriyati shoshilinch vaziyatda Amerika Qo'shma Shtatlariga qanday bir qarshilik ko’rsatish kerakligi to'g'risida Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashini favqulodda ravishda  yig’di. Xamenei  ham  ushbu  yig’ilishga  ishtirok etdi. Eron davlati shiizmda kuchli timsol bo'lgan qizil urush bayroqlarini masjid gumbazlariga tortdi. Tehron ma'muriyati, shuningdek, Eronning yadroviy dasturi bo'yicha xalqaro majburiyatlarga javob bermasligini va uranni boyitishda davom etishini e'lon qildi va AQShga juda  jiddiy bir javob berishini  e'lon qildi. Darhaqiqat, javobi AQShni Iroqda urish bilan berdi. Biroq, bu Sulaymonning o'ldirilishiga mos keladimi yoki yo'qligini hozircha aytish  juda qiyin. AQShning  bunga qarshilik berishi bu nuqtai nazardan juda  ham muhimdir. Sulaymoniyning Yaqin Sharqda o'ldirilishi deyarli toshlarni siljitdi. Barcha aktyorlar bundan keyin nimalar  bo'lishini bashorat qilishadi va ushbu taxminlarga muvofiq hisoblaydilar. Ayni paytda, Turkiya deyarli yagona davlat taraflarni  mo’tadillikka chaqirmoqda. Isroil Sulaymonning o'ldirilganidan juda ham  xursand. Saudiya Arabiston  allaqachon Sulaymonni  qo’li qonli  bir odam deb ta'rif qilmoqda.  U hozir ancha  xursand ammo Eronning unga bo'lgan munosabatidan ham qo'rqadi. Fors ko'rfazining kichik mamlakatlari  ham tashvishlanmoqda. Xalqaro hamjamiyat  esa sukut saqlamoqda. Javoblar juda  ham sust.  Amerika Qo'shma Shtatlari urushga tayyor turganga o'xshaydi, ammo keskinlikni pasaytirish va Eronni qaytadan    muzokaraga o'tirishga intilmoqda. Urushlar bo'ladimi yoki yo'qmi, bilmaymiz,  lekin  2020 yil Yaqin Sharq uchun  juda ham  qizg’in bo’lib o’tadi.

SETA/ Xavfsizlik tadqiqotlari bo’yicha  direktori  Muallif Dotsent  Doktor Murat Yeshiltashning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'ldirilishi , #Suloymoniy , #Qosim , #Tranglik , #AQSh , #Eron

Aloqador xabarlar