Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning birinchi choragida 5,7 foiz o'sdi

Turkiya Statistika tashkiloti joriy yilning birinchi choragi (yanvar-mart davri) yalpi ichki mahsuloti (YaIM) natijalarini e’lon qildi.

2146895
Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning birinchi choragida 5,7 foiz o'sdi

 

Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning birinchi choragida 5,7 foiz o'sdi.

Turkiya Statistika tashkiloti joriy yilning birinchi choragi (yanvar-mart davri) yalpi ichki mahsuloti (YaIM) natijalarini e’lon qildi.

Shunga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot 2024-yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu choragiga nisbatan 5,7 foizga oshdi.

2024-yilning birinchi choragida o‘tgan yilga nisbatan qurilish 11,1 foizga, axborot-kommunikatsiya sohasi 5,5 foizga, sanoat 4,9 foizga, qishloq xo‘jaligi 4,6 foizga, ko'chmas mulk faoliyatlari 2,5 foizga, moliya va sug'urta faoliyati 2 foizga oshdi.

Turkiya iqtisodiyoti 15 chorakdan beri to'xtovsiz o'sishda davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar