Turkiya bilan Tojikiston savdo hajmini orttirishni rejalashtirmoqda

Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir, Turkiya bilan Tojikiston oʻrtasidagi qoʻshma iqtisodiy komissiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi munosabati bilan poytaxt Anqaraga tashrif buyurdi.

2145204
Turkiya bilan Tojikiston savdo hajmini orttirishni rejalashtirmoqda

Oʻmer Boʻlat, Turkiya - Tojikiston oʻrtasidagi savdo hajmini 1 milliard dollarga chiqarishda qarorli ekanliklarini qayd etdi.

Turkiya Respublikasi Savdo vaziri Oʻmer Boʻlat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali, Turkiya bilan Tojikiston oʻrtasidagi qoʻshma iqtisodiy komissiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi munosabati bilan poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir bilan uchrashganliklarini bildirdi.

Sherali Kabir bilan oʻzaro savdo hajmini yaxshilash uchun nimalar qilinishi kerakligi haqida maslahatlashganliklarini ifoda etgan Boʻlat:

“2023 - yili 529 million dollarni tashkil etgan oʻzaro savdo hajmimizni, hurmatli Prezidentlarimiz tomonidan belgilab olingan 1 milliard dollarga chiqarish niyatidamiz”, -  degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar