Turkiya kruiz turizmi jihatidan eng muhim portlardan biriga aylandi
Bagama orollari bayrog‘i ilingan «Seabourn Quest» deb nomlangan sayohat kemasi, Bodrum tumaniga 435 nafar yo‘lovchi olib keldi.
![Turkiya kruiz turizmi jihatidan eng muhim portlardan biriga aylandi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/7e34/2a55/99df/66437a42504bc.jpg?time=1722043233)
![Marella Discovery.jpg](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/7dca/60fb/9622/66430f0aab694.jpg?time=1722043233)
Turkiya, kruiz turizmi jihatidan eng muhim portlardan biri bo‘lishni davom etmoqda.
Bagama orollari bayrog‘i ilingan «Seabourn Quest» deb nomlangan sayohat kemasi, Turkiyaning Mug‘la viloyatiga qarashli Bodrum tumaniga 435 nafar yo‘lovchi olib keldi.
«Dikili» portidan keyin tumanga tashrif buyurgan 198 metr uzunlikdagi kema, Bodrum «Cruise» portiga yonashdi.
Kemada ko‘pchiligi amerikalik bo‘lgan 435 nafar yo‘lovchi bilan 348 nafar xodim bo‘lgani ma’lum qilindi.
Kerakli tartib – qoidalar ortidan kemadan tushgan yo‘lovchilar, Pashatarlasi bilan Kumbaxche sohillari bo‘ylab sayr qilib, tarixiy joylarni kezib chiqdilar.
Kemaning keyingi bekati Aydin viloyatining Kushadasi porti ekani aniqlandi.
Aloqador xabarlar
![Turkiya joriy yilda 45 davlatga asal eksport qildi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/e3cf/4642/2645/66a0ce55d5d3d.jpg?time=1722043234)
Turkiya joriy yilda 45 davlatga asal eksport qildi
Turkiyada asal eksporti qiymati joriy yilning dastlabki 6 oyida 17,2 million dollardan oshdi.