Turkiyada eksport o'tgan yilga nisbatan 13,6 foiz ortdi

Fevral oyida eksport o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 13,6 foiz ortib, 21 milliard 82 million dollarga yetdi.

2122057
Turkiyada eksport o'tgan yilga nisbatan 13,6 foiz ortdi

 

Turkiyada eksport fevral oyida o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 13,6 foiz ortdi.

Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) fevral oyi tashqi savdo ma'lumotlarini e'lon qildi.

Fevral oyida eksport o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 13,6 foiz ortib, 21 milliard 82 million dollarga yetdi.

Import esa 9,2 foizga kamayib, 27 milliard 853 million dollarni tashkil qildi.

Tashqi savdo kamomadi o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 44,2 foizga kamaygan holda, 6 milliard 771 million dollarni tashkil qildi.

Eng ko'p eksport Germaniyaga amalga oshirilgan bo'lsa, bu davlat ortidan AQSh, Iroq va Rossiya kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #Turkiya

Aloqador xabarlar