Turkiyada sanoat ishlab chiqarish indeksi 1,6 foiz ortdi
Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) 2023-yil dekabr oyi sanoat ishlab chiqarish indeksi natijalarini e’lon qildi.
![Turkiyada sanoat ishlab chiqarish indeksi 1,6 foiz ortdi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/9830/6012/6035/65c5d38f6f240.jpg?time=1722044063)
Turkiyaning sanoat ishlab chiqarish indeksi 2023 yilning dekabr oyida oylik miqyosda 2,4 foiz, yillik miqyosda esa 1,6 foiz ortdi.
Turkiya Statistika tashkiloti (TUIK) 2023-yil dekabr oyi sanoat ishlab chiqarish indeksi natijalarini e’lon qildi.
Shunga ko'ra, sanoatning kichik tarmoqlari o'rganilganda, tog'-kon sanoati va konchilik sektori indeksi dekabr oyida o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 1,2 foizga, ishlab chiqarish sanoati sektori indeksi esa 2,1 foizga, elektr energiyasi, gaz , bug' va havoni konditsioner ishlab chiqarish va tarqatish sektori indeksi 4,5 foizga oshdi.
Dekabr oyida tog'-kon sanoati va konchilik sektori indeksi o'tgan oyga nisbatan 0,7 foiz, ishlab chiqarish sanoati indeksi 2,9 foiz, elektr, gaz, bug' va konditsioner ishlab chiqarish va tarqatish sektori indeksi 0,1 foizga kamaydi.
Aloqador xabarlar
![Turkiya joriy yilda 45 davlatga asal eksport qildi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/e3cf/4642/2645/66a0ce55d5d3d.jpg?time=1722044063)
Turkiya joriy yilda 45 davlatga asal eksport qildi
Turkiyada asal eksporti qiymati joriy yilning dastlabki 6 oyida 17,2 million dollardan oshdi.