Turkiyaning tayyor kiyim - kechak va tekstil sanoati eksportida ortish kuzatildi

Oʻmer Boʻlat, Istanbulda uyushtirilgan tayyor kiyim - kechak va moda yarmarkasining ochilish marosimida nutq soʻzladi.

2099111
Turkiyaning tayyor kiyim - kechak va tekstil sanoati eksportida ortish kuzatildi

Savdo vaziri Oʻmer Boʻlatning ma’lum qilishicha, Turkiyaning tayyor kiyim - kechak va tekstil sanoati oʻtgan yili taxminan 33 milliard dollarlik eksport yoʻlga qoʻygan.

Oʻmer Boʻlat, Istanbulda uyushtirilgan tayyor kiyim - kechak va moda yarmarkasining ochilish marosimida nutq soʻzladi.

Tayyor kiyim - kechak va to‘qimachilik sanoatining eksportdagi muvaffaqiyatiga to‘xtalgan Boʻlat mavzu haqida:

“Tayyor kiyim – kechak eksporti bo‘yicha Yevropada uchinchi, jahonda esa yettinchi yirik eksportchiga aylandik. O‘tgan yili 33 milliard dollarlik eksportni tayyor kiyim - kechak va tekstil sanoatidan qoʻlga kiritdik”, - dedi.

O‘mer Bo‘lat, yuqorida nomi tilga olingan tarmoqni qo‘llab - quvvatlash ishlari ortishini ta’kidladi.

Turkiyaning umumiy eksportdagi oxirgi holatini ham baholagan Bo‘lat:

“Jahon eksportidagi ulushimiz 1,02 foizdan 1,06 foizga oshdi. Maqsad, 2028 - yili bu raqamni 1,30 foizga chiqarishdir. Xizmat eksportidagi ulushimizni ham oshirishni davom etamiz. Bu borada 1,30 foizlik ulushimiz bor. Uni 2028 - yili 2 foizga chiqaramiz”, - deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar