Antaliya 2024 - yilni rekord bilan boshladi

Antaliya 2024 - yilni chet ellik sayyohlar soni jihatidan rekord bilan boshladi.

2096847
Antaliya 2024 - yilni rekord bilan boshladi

Dunyoning eng muhim turizm shaharlaridan biri boʻlgan Antaliyada 2024 - yilning yanvar oyida chet ellik sayyohlar soni boʻyicha yangi rekord qayd etildi.

Madaniyat va turizm viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oy Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 2023 - yilning yanvar oyiga nisbatan 4,1 foizga ortib, 229 ming 97 kishini tashkil etdi.

Bu davrda Antaliyaga eng koʻp rossiyalik sayyohlar kelgan. Rossiyadan keyin Germaniya, Angliya, Polsha, Ukraina, Qozogʻiston, Niderlandiya, Eron, Belgiya, Qirgʻiziston, Fransiya, Avstriya va Shvetsiyadan sayyohlar kelgani ma’lum boʻldi.  



Aloqador xabarlar