TDTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasida o‘sish kuzatilmoqda

Turk Davlatlari Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasida oxirgi yillarda katta o‘sish kuzatilmoqda.

2096691
TDTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasida o‘sish kuzatilmoqda

Turkiyaning Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarga yo‘lga qo‘ygan eksporti oʻtgan 2023 - yili 2022 – yilga nisbatan 14,2 foiz ortar ekan undan 6 milliard 831 million dollar daromad olindi.

Turk Davlatlari Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasida oxirgi yillarda katta o‘sish kuzatilmoqda.

Turkiya Eksportchilar uyushmasi maʼlumotlariga koʻra Turkiyaning Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan iborat bo‘lgan TDT tarkibidagi davlatlarga yo‘lga qo‘ygan eksporti oʻtgan 2023 – yili 2022 - yilga nisbatan 14,2 foizga ortib, undan 6,8 milliard dollar daromad olindi.

Nomi tilga olingan davrda Turkiyadan eng ko‘p Ozarbayjonga eksport yo‘lga qo‘yilar ekan undan 2,4 milliard dollar daromad olindi.

Undan keyingi o‘ringa Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kiritilar ekan Qozog‘istonga bo‘lgan eksportdan 1.7 milliard dollar, O‘zbekistonga bo‘lgan eksportdan 1.6 milliard dollar va Qirg‘izistonga bo‘lgan eksportdan esa 1 milliard dollar daromad olindi.

Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarga eng ko‘p eksportni kimyoviy moddalar va mahsulotlar tarmog‘i yo‘lga qo‘ydi.

Bu tarmoq o‘tgan yili mazkur 4 davlatga 1 milliard 173 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘ygandi.

Eng ko‘p eksport esa 4 milliard dollar bilan Istanbuldan amalga oshirildi.

Hatto, Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarga yo‘lga qo‘yilgan eksportning 58.5 foizi Istanbuldan yo‘lga qo‘yildi.   



Aloqador xabarlar