Turk lirasi dollarga nisbatan tarixiy minimal darajaga tushdi

Bugun, 11 yanvar kungi birja savdolari bir dollar uchun 29,95 liradan boshlangan bo‘lsa, hozirda 30,004 ga ko‘tarilgan. Turkiyadagi aholi va biznes uchun bu o‘ziga xos psixologik bosqichdir.

2087533
Turk lirasi dollarga nisbatan tarixiy minimal darajaga tushdi

 

Turk lirasi dollarga nisbatan birinchi marta tarixiy minimal darajaga tushdi. Onlayn savdo ma’lumotlariga ko‘ra, 1 AQSH dollari 30 liradan oshdi.  

Bugun, 11 yanvar kungi birja savdolari bir dollar uchun 29,95 liradan boshlangan bo‘lsa, hozirda 30,004 ga ko‘tarilgan. Turkiyadagi aholi va biznes uchun bu o‘ziga xos psixologik bosqichdir. 

Bu ko‘rsatkich yakuniy emas, chunki savdo yopilishiga hali 5 soatcha vaqt bor. Savdo kuni yakunida lira yana bir dollar uchun 30 lira darajasidan pastga mustahkamlanishi mumkin, ammo mahalliy ekspertlar aniq prognozlar bermayapti. Shu bilan birga, avvalroq Markaziy bank valyuta savdosiga qattiq ta’sir o‘tkazish va milliy valyuta kursi tushib ketgan taqdirda yirik intervensiyalarni amalga oshirish niyatida emasligi haqida xabar bergan edi. 

Ayni damda yevro 33,08 liradan sotilmoqda. 

Turk valyutasining keskin qulashi 2023 yil may oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik va parlament saylovlaridan so‘ng, shuningdek, Markaziy bankning diskont stavkasini oshirish to‘g‘risidagi qaroridan keyin boshlandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning iyun oyida 8,5 foizdan dekabrda 42,5 foizga oshgan. Bu o‘sishda davom etishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Turk lirasi , #dollar

Aloqador xabarlar