Kapadokiyaga 4 million 826 ming 662 nafar sayyoh keldi

O‘tgan 2023 - yili Kapadokiyaga kelgan sayyohlar soni jihatidan rekord o‘rnatildi.

2084437
Kapadokiyaga 4 million 826 ming 662 nafar sayyoh keldi

O‘tgan yili Kapadokiyaga mamlakatdan va chet eldan jami 4 million 826 ming 662 nafar sayyoh keldi.

Nevshehir gubernatori Ali Fidan, 2023 - yilning mintaqa turizm nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli o‘tgani va 2024 - yili ham sayyohlarning qiziqishi ortishini bildirdi.

Kapadokiya keng geografiyasi va betakror go‘zalliklari bilan diqqat markazida bo‘lishni davom etayotganini ta’kidlagan Fidan mavzu haqida shuningdek:

“Tabiiy go‘zalliklari, tarixiy va madaniy qadriyatlari bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (UNESCO) Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Kapadokiya mintaqasi va viloyatimiz, har yili millionlab mahalliy va xorijiy mehmonlarga quchoq ochmoqda. Viloyatimiz bu jihati bilan yurtimizning tanitilishi va iqtisodiyotiga muhim hissa qo‘shmoqda. Turizm tarmog‘i viloyatimiz farovonligi va aholi bandligini ta’minlash jihatidan muhim o‘ringa ega. Sayyohlarimiz soni 2023 – yili 4 million 826 ming 662 nafarga yetdi. Bu orqali rekord qayd etildi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Kapadokiya , #Ali Fidan , #rekord

Aloqador xabarlar