Turkiyaga kruiz kemalari orqali 1 million nafardan ortiq sayyoh keldi

Joriy yilning 9 oyida kruiz kemalari orqali Turkiyaga 1 million nafardan ortiq sayyoh keldi.

2054179
Turkiyaga kruiz kemalari orqali 1 million nafardan ortiq sayyoh keldi

Turkiyadagi portlarga kelgan kruiz kemasi yo‘lovchilari soni yilning 9 oyida o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 54,1 foizga ortib, 1 million 97 ming 175 nafarga yetdi.

Dengizchilik Bosh boshqarmasi maʼlumotlariga tayangan xabarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyidan sentabr oyiga qadar mamlakatdagi portlarga tashrif buyurgan kruiz kemalari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 16,5 foizga oshib, 752 tadan 876 taga yetgan.

Xuddi shu davrda ushbu kemalarda sayohat qilgan yo‘lovchilar soni esa 54,1 foizga ortib, 711 ming 813 nafardan 1 million 97 ming 175 nafarga yetdi.

Ma’lumotlar, portlarga kelgan yo‘lovchilar nuqtai nazaridan baholanganida, Kushadasi portiga kelgan yo‘lovchilar soni joriy yilning 9 oyida o‘tgan yilga nisbatan 66 foizga ortib, 603 ming 876 nafarga yetdi.

Istanbulga kelgan kruiz kemasi yo‘lovchilari ushbu davrda 48,5 foizga ortib, 261 ming 88 nafarga yetdi.

Kruiz kemasi orqali Bodrumga 70 ming 651 nafar, Cheshmega 50 ming 898 nafar, Antaliyaga esa 19 ming 363 nafar sayyoh keldi.

Boshqa portlarga tashrif buyurgan jami yo‘lovchilar soni esa 91 ming 299 nafarni tashkil etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #sayyoh , #kruiz kemalari

Aloqador xabarlar