Mug‘laga kelgan sayyohlar sonida o‘tgan yilga nisbatan ortish kuzatildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning 7 oyida Mug‘laga 1 million 779 ming 356 sayyoh tashrif buyurdi.

2025064
Mug‘laga kelgan sayyohlar sonida o‘tgan yilga nisbatan ortish kuzatildi

Mug‘la bu yil 120 ming 328 polshalik mehmonni qabul qildi.

Viloyat Madaniyat va turizm yetakchiligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yilning 7 oyida Mug‘laga 1 million 779 ming 356 sayyoh tashrif buyurdi.

Mug‘laga eng ko‘p sayyoh Britaniya (773 ming 909 kishi), Rossiya (210 ming 8 kishi), Polsha (120 ming 328 kishi), Germaniya (100 ming 787 kishi) va Niderlandiyadan (45 ming 439 kishi) keldi. Dunyoning boshqa mamlakatlaridan jami 528 ming 885 sayyoh tashrif buyurdi.

O‘tgan yilning huddi shu davrida Bodrum, Marmaris va Fethiye kabi mashhur turizm markazlariga ega bo‘lgan Mug‘laga 1 million 501 ming 43 kishi kelgandi.

Shunga ko‘ra, bu yil sayyohlar sonida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taxminan 19 foiz o‘sish kuzatildi.


Tanlangan kalimalar: #Mug‘la , #sayyoh , #turizm markazi

Aloqador xabarlar