Turkiyaga kruiz kemasida 300 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurdi

Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li ma'lum qilishicha, joriy yilning yanvar-may davrida kruiz yo'lovchilari soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 114 foizga o'sib, 299 mingdan oshgan.

1999805
Turkiyaga kruiz kemasida 300 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurdi

 

Joriy yilning 5 oyi davomida Turkiyaga 299 mingdan ortiq kruiz yo'lovovchisi tashrif buyurdi.

Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li ma'lum qilishicha, joriy yilning yanvar-may davrida kruiz yo'lovchilari soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 114 foizga o'sib, 299 mingdan oshgan.

Uning so'zlariga ko'ra, Turkiya kruiz turizmida yetakchi davlatlardan biri.

Uralog'lu 2021 yilning so'nggi choragida Istanbul Galataport portining ochilishi va koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi choralarining olib tashlanishi bilan kruiz turizmi yanada o'sganini aytdi.

"2023-yilning dastlabki 5 oyida 299 mingdan ortiq kruiz yo‘lovchisini qabul qildik. 2023-yilning birinchi besh oyida portlarimizgakelgan kruiz kemalari soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 43,1 foizga, kruiz yo‘lovchilari soni esa 114 foizga oshdi", - deydi u.

Uralog'lu Kushadasi portiga 157 ming 940 yo'lovchi, Galataport portiga 67 ming 740 yo'lovchi, Sarayburnu portiga 3 ming 276 yo'lovchi va Antaliya portiga 14 ming 777 yo'lovchi kelganini ma'lum qildi.

"124 ta kema hajmiga ega bo'lgan Kushadasi portimiz eng ko'p kruiz kemalari to'xtaydigan portga aylandi",- deydi Transport va infratuzilma vaziri.


Tanlangan kalimalar: #turizm , #Turkiya

Aloqador xabarlar