Turkiya avtomobil sanoatining ishlab chiqarish va eksportida ortish qayd etildi

Avtomobil sanoati uyushmasi, 2023-yilning yanvar oyiga oid ishlab chiqarish va eksport raqamlari bilan bozor ma’lumotlarini e’lon qildi.

1948944
Turkiya avtomobil sanoatining ishlab chiqarish va eksportida ortish qayd etildi

Turkiya avtomobil sanoatida yilning ilk oyida jami ishlab chiqarish, o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 24 foiz ortib, 111 ming 837 donani tashkil etdi.

Avtomobil sanoati uyushmasi, 2023-yilning yanvar oyiga oid ishlab chiqarish va eksport raqamlari bilan bozor ma’lumotlarini e’lon qildi.

Shunga ko‘ra yanvar oyida jami ishlab chiqarish o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 24 foiz ortib, 111 ming 837 donaga; avtomobil ishlab chiqarish esa 48 foizga o‘sib, 70 ming 723 donaga yetdi. Traktor ishlab chiqarish bilan birgalikda umumiy ishlab chiqarish 116 ming 730 dona deb qayd etildi.

Yanvar oyida jami bozor, o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 35 foizga ortib, 53 ming 509 donani tashkil etdi. Yanvar oyida avtomobil bozori esa 29 foizga o‘sib, 37 ming 288 donaga yetdi.

So‘nggi 10 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nazar tashlaganimizda ham 2022-yili yanvar oyida umumiy bozor 55 foizga, avtomobil bozori 51 foizga, yengil tijoriy avtomobillar bozori 67 foizga va og‘ir tijoriy avtomobillar bozori 67 foizga o‘sdi. Yanvar oyida avtomobil bozorida mahalliy avtomobillarning ulushi 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yengil tijoriy avtomobillar bozorida mahalliy avtomobillarning ulushi 44 foizni tashkil etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida avtomobil eksporti 2022-yilning huddi shu oyiga nisbatan birlik asosida 17 foizga ortib, 79 ming 381 donani tashkil etdi. Avtomobil eksporti esa 46 foiz ortib 51 ming 122 donaga yetdi.



Aloqador xabarlar