O‘tgan yili Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar sonida ortish qayd etildi

O‘tgan 2022-yilda Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar sonida ortish qayd etildi.

1941304
O‘tgan yili Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar sonida ortish qayd etildi

O‘tgan 2022-yilda Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar sonida 2021-yilga nisbatan ortish qayd etildi.

Viloyatdagi Madaniyat va turizm boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra shaharga kelgan xorijlik sayyohlar soni 16 million 18 ming 726 nafarga yetgan.

2021-yili 9 million 25 ming 4 kishi tashrif buyurgan shaharga 2022-yili kelgan sayyohlar sonida 6 million 993 ming 722 kishiga ortish qayd etilgan.

Istanbulga 2021-yili eng ko‘p nemislar tashrif buyurar ekan o‘tgan 2022-yili nemislar o‘rnini ruslar egalladi.

O‘tgan yili shaharga 1 million 495 ming 24 nafar rossiyalik sayyoh kelgan.

Rossiyadan keyingi o‘rinni 1 million 237 ming 314 sayyoh bilan Germaniya, 1 million 97 ming 993 sayyoh bilan Eron, 717 ming 107 sayyoh bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari, 613 ming 199 sayyoh bilan Angliya, 567 ming 475 sayyoh bilan Fransiya, 473 ming 563 sayyoh bilan Isroil, 423 ming 945 sayyoh bilan Iroq, 390 ming 353 sayyoh bilan Saudiya Arabistoni va 388 ming 926 sayyoh bilan Quvayt egalladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #xorijlik sayyohlar

Aloqador xabarlar