Turkiya 2022-yilda turizmdan 46,3 mlrd dollar daromad qildi

Bu davrda turistlar mamlakatga shaxsiy ehtiyojlari uchun 34 mlrd 477 mln 12 ming dollar xarajat qilgan bo‘lsa, turpaketlar uchun esa 11 mlrd 807 mln 895 ming dollar sarflagan.

1940783
Turkiya 2022-yilda turizmdan 46,3 mlrd dollar daromad qildi

 

Turkiya 2022-yilda turizmdan 2021-yilga nisbatan 53,4 foizga ko‘proq, ya’ni 46 mlrd 284 mln 907 ming dollar daromad olgan.

Bu davrda turistlar mamlakatga shaxsiy ehtiyojlari uchun 34 mlrd 477 mln 12 ming dollar xarajat qilgan bo‘lsa, turpaketlar uchun esa 11 mlrd 807 mln 895 ming dollar sarflagan.

O‘tgan bir yilda Turkiyaga kelgan 51,4 million nafar xorijlik turist orasida germaniyaliklar (5,67 mln), rossiyaliklar (5,2 mln) hamda britaniyaliklar (3,37 mln) asosiy ulushni tashkil qilgan.

Bu davrda xorijlik ziyoratchilarning 67,1 foizi asosan "sayohat, ko‘ngilochar, sport va madaniy faoliyat" maqsadida Turkiyaga tashrif buyurgan bo‘lsa, xorijda yashagan Turkiya fuqarolarining 64,4 foizi "qarindoshlari va do‘stlarini ziyorat qilish" uchun kelgan.

Shu bilan birga, 2022-yilda turizmga sarflangan xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 130,9 foizga oshib, 4,3 mlrd dollarga yetdi. Ularning 3,8 mln dollari shaxsiy xarajatlarga, 523,1 mln dollari turpaketlarga to‘g‘ri keladi.

 


Tanlangan kalimalar: #turizm , #Turkiya

Aloqador xabarlar