Navbatdagi “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonga yetib bordi

Türkiyeda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ko‘magida yig‘ilgan insonparvarlik yordam ashyolarini tashigan yettinchi “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonning Hirot viloyatiga yetib bordi.

1937050
Navbatdagi “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonga yetib bordi

Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqaruvi koordinatsiyasida, Türkiyeda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ko‘magida yig‘ilgan insonparvarlik yordam ashyolarini tashigan yettinchi “Yaxshilik poyezdi” Afg‘onistonning Hirot viloyatiga yetib bordi.

Yuqorida nomi tilga olingan boshqaruv xodimlari, poyezdda jami 500 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami borligi va ularning tez kunlarda mamlakatning turli viloyatlaridagi muhtoj oilalarga, ayniqsa, o‘z uy – joyidan mahrum bo‘lganlarga yetkazilishini ma’lum qildi.

Insonparvarlik yordam ashyolari orasida turli oziq - ovqat mahsulotlari, qishki kiyim-kechaklar, poyabzal, gilam, ko‘rpa-to‘shak, tozalik uskunalari, nogironlar aravachasi va tikuv mashinalarini mavjud.

Afg‘onistondagi insoniy inqirozni yumshatishga hissa qo‘shish maqsadida avval ham Türkiyedan yuborilgan va jami qariyb 7 ming tonna insonparvarlik yordam ashyosini o‘z ichiga olgan 6 ta “Yaxshilik poyezdi” bilan yetkazib berilgan yordamlar jabrlanganlar, yetimlar, bevalar va nogironlardan iborat 700 ming nafardan ortiq kishiga tarqatilgandi.

 



Aloqador xabarlar