Turkiyaning quritilgan meva mahsulotlari eksporti 1.5 mlrd dollardan oshdi

Turkiya quritilgan meva va mahsulotlar sektori 2022-yilda 1 milliard 573 million 464 ming dollarlik eksport amalga oshirdi.

1932453
Turkiyaning quritilgan meva mahsulotlari eksporti 1.5 mlrd dollardan oshdi

 

Turkiya quritilgan meva va mahsulotlar sektori 2022-yilda 1 milliard 573 million 464 ming dollarlik eksport amalga oshirdi.

Janubi-Sharqiy Anadolu eksportchilar uyushmalaridan (GAİB) olingan ma'lumotlarga ko'ra, turk eksportchilari 2022 yilda 153 davlatga 498 ming 926 tonna quritilgan meva va mahsulot sotgan.

2021-yilda 1 milliard 568 million 816 ming dollar sotgan sektor eksportchilari oʻtgan yili 1 milliard 573 million 464 ming dollar daromad oldi.

Eng ko'p eksport 204 million 379 ming dollar bilan Germaniyaga amalga oshirildi.

Germaniyani 154 million 269 ming dollar bilan Angliya va 126 million 178 ming dollar bilan Amerika Qo'shma Shtatlari kuzatib bordi.

 

 

 



Aloqador xabarlar