Turkiya joriy yilda 11 ming tonnadan ortiq baliq eksport qildi

Turkiyada baliq eksporti yanvar-avgust davrida 149 foiz ortib, 81 million 645 ming 462 dollarga yetdi.

1879287
Turkiya joriy yilda 11 ming tonnadan ortiq baliq eksport qildi

 

Turkiyada baliq eksporti yanvar-avgust davrida 149 foiz ortib, 81 million 645 ming 462 dollarga yetdi.

Bu haqda Sharqiy Qoradengiz eksportchilar ittifoqi kuzatuv kengashi a'zosi va Baliqchilik sektori qo'mitasi raisi o'rinbosari Ilker Yildirim ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, joriy yilning 8 oyida Turkiyadan 14 davlatga baliq eksport qilindi.

Bu davrda Qora dengizdan 11 ming 183 tonna somon balig'i eksport qilinganini tilga olgan Yildirim, bu eksportdan 81 million 645 ming 462 dollar daromad olinganini aytdi.

U shuningdek, o'tgan yilning shu davrida mintaqadan 6 ming 243 tonna baliq eksportidan 32 million 810 ming 326 dollar daromad olinganligini bildirdi.

“Shunday qilib, turk somon balig'i eksporti joriy yilning 8 oyida o’tgan yilning shu davriga nisbatan miqdor jihatdan 79 foiz, qiymat jihatidan 149 foizga oshdi”,-dedi u.

Rossiya Federatsiyasi, Vetnam va Yaponiya eng ko'p baliq eksport qilingan davlatlar bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #eksport , #baliq , #Turkiya

Aloqador xabarlar