Turkiyada inflyatsiya darajasi 80 foizga yaqinlashdi

Turkiyada yillik inflyatsiya darajasi iyul oyida 79,6 foizga ko‘tarilib, 1998 yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi.

1864176
Turkiyada inflyatsiya darajasi 80 foizga yaqinlashdi

 

Turkiyada yillik inflyatsiya darajasi iyul oyida 79,6 foizga ko‘tarilib, 1998 yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi.

Bu haqda Davlat statistika instituti ma’lum qildi. O‘tgan oy yakuni bo‘yicha narx oshishi 2,37 foizni tashkil etdi.

Mamlakatda transport sohasida narx eng ko‘p oshmoqda – yil davomida 119,11 foiz, oziq-ovqat va ichimlik narxi esa 94,65 foiz ko‘tarilgan, deydi tahlilchilar.

Iste’mol narxining yillik ko‘rsatkichga nisbatan oshishini “Reuters” agentligi 80,5 foiz, “The Financial Times” gazetasi esa iyul oyida 80,1 foiz, deya bashorat qilgandi.

Umuman, mamlakatdagi yillik inflyatsiya darajasi 1998 yil sentyabr oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi. O‘shanda ayni ko‘rsatkich 80,4 foizga tenglashgandi.

2021 yil kuzda Turkiya markaziy banki stavkani 14 foizga tushirgandan so‘ng lira keskin ko‘tarila boshlagan va mamlakatda inflyatsiya kuchayishi sezila boshlagan edi, deya vaziyatni sharhladi “Reuters”.

Bu yilgi narx-navo va lira kursi oshishi Ukraina inqirozi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #inflyatsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar