O‘zbekiston birinchi chorakda 12 ming tonnadan ziyod parranda go‘shti import qildi

O‘zbekiston parranda go‘shtini Polsha, Turkiya, Rossiya, Belgiya, AQSh, Litva, Niderlandiya va Germaniyadan xarid qilmoqda.

1829944
O‘zbekiston birinchi chorakda 12 ming tonnadan ziyod parranda go‘shti import qildi

Joriy yil yanvar – mart oylarida O‘zbekiston dunyoning 14 mamlakatidan 12,4 million AQSh dollari miqdorida 11,7 ming tonna parranda go‘shtini import qildi. Bu haqida “Dunyo” AA muxbiri ma’lum qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga tayangan ushbu ma’lumotga ko‘ra, parranda go‘shtini import qilish hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 1,1 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston parranda go‘shtini Polsha (3,3 ming tonna), Turkiya (2,7 ming tonna), Rossiya (1,7 ming tonna), Belgiya (1,6 ming tonna), AQSh (828,5 tonna), Litva (484 tonna), Niderlandiya (428 tonna) va Germaniyadan (261 tonna) xarid qilgan.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #import , #parranda go‘shti

Aloqador xabarlar