Putin: Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish masalasida ehtiyotkor bo‘lamiz

Putin rus rasmiylari bilan mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i va sanksiyalar ustidan uyushtirgan yig‘ilishda, global energiya tarmog‘idagi vaziyatning bozordan tashqari ko‘rilgan choralar natijasida yomonlashganiga e’tibor qaratdi.

1807822
Putin: Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish masalasida ehtiyotkor bo‘lamiz

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Rossiyaga qarshi dushmanlardek siyosat olib borayotgan davlatlarga qarshi, oziq-ovqat eksporti masalasini yaqindan kuzatishlarini bildirgan holda:

“Bu yil butun dunyoda oziq-ovqat tanqisligi qayd etilar ekan, chet elga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish masalasida ehtiyotkor bo‘lamiz”.-dedi.

Putin rus rasmiylari bilan mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i va sanksiyalar ustidan uyushtirgan yig‘ilishda, global energiya tarmog‘idagi vaziyatning bozordan tashqari ko‘rilgan choralar natijasida yomonlashganiga e’tibor qaratdi.

Ba’zi Yevropa davlatlarida Gazpromga bosim o‘tkazilganini ifoda etgan Putin,

“Hamkorlarimizning energetika sohasidagi xatolari yuzasidan Rossiyani ayblashga va bu yerda paydo bo‘lgan muammolarni yana Rossiya hisobiga hal qilishga urinayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ayrim kompaniyalarimizning mol-mulkini ekspropriatsiya qilish haqidagi rasmiy bayonotlarini ham eshityapmiz. Buning ikki uchining o‘tkir qurol ekanini hech kim unutmasin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vladimir Putin bu yil oziq-ovqat mahsulotlarida yuz berayotgan global muammolarga ishora qilgan holda:

“Bu yil butun dunyoda oziq-ovqat tanqisligi qayd etilar ekan, chet elga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish masalasida ehtiyotkor bo‘lamiz”.-dedi.

Rossiyada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tufayli narxlarning jahon bozorlaridan yana-da arzon qolishi mumkinligini tilga olgan Putin,

“O‘zini-o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlash Rossiyaning haqiqiy ustunligidir va fuqarolarimiz manfaatlari nazarda tutilgan holda amalga oshirilishi kerak. Biz ularni bozordagi tebranishlardan, jahon oziq-ovqat bozoridagi narxlarning o‘zgarishidan himoya qilishimiz kerak”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar