2021 yilda Turkiyaga 30 milliondan ziyod sayyoh kelgan

Turkiya statistika byurosining dushanba kuni e’lon qilgan hisobotida keltirilishicha, Turkiyaning o‘tgan yili sayyohlikdan olgan daromadi 24,4 milliard dollardan oshgan.

1771511
2021 yilda Turkiyaga 30 milliondan ziyod sayyoh kelgan

 

"2021 yil yanvar oyidan dekabr oyigacha Turkiyaga kelgan sayyohlarning katta qismi rossiyaliklarga to‘g‘ri kelmoqda, 4 million 694 ming 422 sayyoh", – deyiladi Turkiya turizm vazirligi tarqatgan matbuot xabarnomasida.

Xabarda keltirilishicha, 2020 yil bilan taqqoslaganda ko‘rsatkich 120 foizga oshgan. 

Eng ko‘p kelgan turistlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Germaniya fuqarolari egallagan. O‘tgan yili uch milliondan ziyod germaniyaliklar Turkiyada hordiq chiqargan. Uchinchi o‘rin Ukrainaga tegishli bo‘ldi. Ikki milliondan ziyod ukrainaliklar Turkiyaga kelgani aytilmoqda. 

Turkiya turizm vazirligining e’lon qilgan ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatga jami 30,3 million sayyoh tashrif buyurgan. Bu boradagi ko‘rsatkich  2020 yil bilan solishtirganda 88 foizga oshgan. 

Turkiya statistika byurosining dushanba kuni e’lon qilgan hisobotida keltirilishicha, Turkiyaning o‘tgan yili sayyohlikdan olgan daromadi 24,4 milliard dollardan oshgan. 


Tanlangan kalimalar: #turizm , #Turkiya

Aloqador xabarlar