Turkiya ShKTRga yana Covid-19 ga qarshi vaksina yubordi

Turkiya yangi turdagi koronavirusga qarshi kurash doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga yana vaksina yetkazib berdi.

1594958
Turkiya ShKTRga yana Covid-19 ga qarshi vaksina yubordi

Turkiya yangi turdagi koronavirusga (Covid - 19) qarshi kurash doirasida Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (ShKTR) yana 20 ming doza Sinovac vaksinasi yetkazib berdi.  

Vaksinalarni tashigan Turkiyaning Sog‘likni Saqlash vazirligiga oid tez yordam uchog‘i mahalliy vaqt bilan soat 09:30 chog‘larida Erjan aeroportiga borib qondi. Vaksinalar ShKTR Sog‘likni Saqlash vazirligiga topshirildi.

Bugun yetkazib berilgan vaksinalar orqali Turkiya tomonidan ShKTRga yetkazib berilgan vaksina miqdori 100 mingga yetdi.

Vitse - prezident Fuat O‘ktay kecha bergan bayonotida, ShKTRga yana 20 ming Covid - 19 vaksinasini yuborishlari haqida aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #ShKTR , #Sinovac , #Covid-19

Aloqador xabarlar