O'zbekiston 26,3 tonna asal eksport qildi

O'zbekiston 2020-yilning 8 oyi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 41,8 ming dollarga teng bo'lgan 26,3 tonna asal eksport qilgan.

1519778
O'zbekiston 26,3 tonna asal eksport qildi

 

O'zbekiston 2020-yilning 8 oyi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 41,8 ming dollarga teng bo'lgan 26,3 tonna asal eksport qilgan. 

Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 tonnaga yoki 4,4 baravarga oshgan. 

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 8 oy mobaynida O'zbekiston AQShga 11,2 tonna, Koreya Respublikasiga 10 tonna, BAAga 3,1 tonna, Quvaytga 2 tonna asal eksport qilgan.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, asal eksportining asosiy qismi poytaxt hissasiga to'g'ri kelgan. Jumladan, shu davrda Toshkent shahri 21,2 tonna, Jizzax viloyati 3,1 tonna, Samarqand viloyati 2 tonna, Namangan viloyati 0,1 tonna asal eksport qilgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #eksport , #asal , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar