Antaliyaga 8 oyda 1 mln 558 ming 737 nafar sayyoh keldi

Antaliya hokimi Ersin Yaziji ma’lum qilishicha, joriy yilning asosan avgust oyida Antaliyaga kelgan sayyohlar soni ko’pchilikni tashkil qildi. Avgust oyida Antaliyaga 798 ming 524 nafar sayyoh keldi. Ularning aksariyatini asosan ruslar tashkil qiladi.

1483453
Antaliyaga 8 oyda 1 mln 558 ming 737 nafar sayyoh keldi

 

Turkiyaning Antaliya shahriga 8 oyda 162 davlatdan 1 mln 558 ming 737 nafar sayyoh keldi.

Antaliya hokimi Ersin Yaziji ma’lum qilishicha, joriy yilning asosan avgust oyida Antaliyaga kelgan sayyohlar soni ko’pchilikni tashkil qildi. Avgust oyida Antaliyaga 798 ming 524 nafar sayyoh keldi. Ularning aksariyatini asosan ruslar tashkil qiladi.

“8 oy ichida Rossiyadan 483 ming 790ta sayyoh keldi. Ulardan 336 ming 409 nafari avgust oyida keldi”,-deb ma’lum qiladi Antaliya hokimi Ersin Yaziji.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiyaga sayyoh yuborgan davlatlar ro’yxatida Ukraina ikkinchi o’rinda turadi. Bu yil Antaliyaga Ukrainadan 278 ming 945 nafar sayyoh keldi. Bu o’tgan yilning avgust oyi natijalariga ko’ra, 25 foiz ortish demakdir.

Bundan tashqari, Germaniya va Buyuk Britaniya ham Turkiyaga sayyoh yuborgan davlatlar qatorida yuqori o’rinlarda turadi. Joriy yilgi natijalarga ko’ra, Germaniya Turkiyaga sayyoh yuborgan davlatlar ro’yxatida uchinchi o’rinda turibdi.

Germaniyadan Turkiyaga 8 oyda 211 ming 119 nafar sayyoh keldi, ulardan 46 557 nafari avgust oyida keldi. Buyuk Britaniyadan esa 8 oyda kelgan sayyohlar soni 115 ming 80 nafarni tashkil qiladi. Bu raqam avgust oyida 75 ming 556 nafarni tashkil qiladi.

Shuningdek, Antaliyaga Polsha, Belorus, Moldova, Niderlandiya, Shveysariya, Ruminiya, Serbiya va Fransiyadan ham ko’plab sayyohlar kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #sayyoh , #Antaliya , #Turkiya

Aloqador xabarlar