Izmirning Dikili va Focha tumanlarida 71 nafar muhojir qutqarildi

Turkiyaning Izmir viloyatining Dikili va Focha tumanlarida 71 nafar muhojir qutqarildi.

1442866
Izmirning Dikili va Focha tumanlarida 71 nafar muhojir qutqarildi

Turkiyaning Izmir viloyatining Dikili va Focha tumanlarida, Yunoniston Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 50 nafar muhojir qutqarildi.

Dikili tumanida, Yunoniston Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilganligi haqida berilgan ma’lumot ortidan mintaqaga Turk Sohil xavfsizlik unsurlari yuborildi. Xodimlar, yarmigacha suvga cho‘kkan va puflangan qayiqdagi noqonuniy 29 muhojirni qutqardi. 

Focha tumanidagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada esa, Yunoniston unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan puflangan qayiqdagi 21 muhojir ham xodimlar tomonidan qutqarilib, quriqlikka olib chiqarildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #muhojirlar , #Yunoniston

Aloqador xabarlar