Turkiyaning yordam sifatida Nigeriyaga yuborgan tibbiy ashyolari yetkazildi

Turkiyaning yangi turdagi koronavirus Covid-19 pandemiyasidan salbiy ta'sir ko'rgan davlatlarga tibbiy ashyo bo'yicha yordam berish faoliyatlari davom etmoqda.

1429910
Turkiyaning yordam sifatida Nigeriyaga yuborgan tibbiy ashyolari yetkazildi

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida tibbiy yordam ashyolari tashigan Turk uchog‘i Nigeriyaga qo‘ndi.

Milliy Mudofaa vazirligi yordam ashyolari tashigan Turk Qurolli Kuchlariga oid uchoqning Nigeriyaga qo‘nganini qayd etdi.

Uchoq Nigeriyaning Gumanitar yordam vaziri Laouan Magagi va Turkiyaning Nigeriyadagi elchisi Mustafa Turker Ari tomonidan kutib olindi.

Rasmiylarga Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Nigeriya Davlat rahbari Mahamadou Issoufouga yozgan maktubi ham topshirildi.



Aloqador xabarlar