Yevroosiyo kun tartibi 23 - qism

Dasturimizning bugungi sonida “Kasbiy dengizida hamkorlik imkoniyatlari” mavzusini qo‘lga olamiz.

1429644
Yevroosiyo kun tartibi 23 - qism

Shu yilning 20 – mayi kuni Turkmanistonning Boku elchisi Mekan Ishanguldiyevning tashabbusi bilan Aktau, Boku, Turkmanbohi va Kurik portlari yetakchilarining ishtirokida videomuloqat orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Covid – 19 pandemiyasiga qarshi kurash va shu davrda Kaspiy dengizida ko‘riladigan chora va tadbirlar qo‘lga olindi. Tomonlar, nomi tilga olingan portlar o‘rtasida elektronik ma’lumot bo‘lishish, epidemiologik hamkorlikni kuchaytirish, yuk tashish imkonlari va karantin masalalarida portlar o‘rtasidagi faoliyatlarning tartibli ravishda olib borilishi masalalarida kelishib oldilar. 

Pandemiya davri, xalqaro yuk tashish masalalarida Kaspiy dengizining ahamiyatini yana bir bor o‘rtaga qo‘ydi. Aloqasiz yuk tashishda Kaspiydagi Ro – ro safarlari sharq va g‘arbni qisqa yo‘ldan bir – biriga bog‘lash jihatidan alohida o‘rin tutdi. 

Ma’lum bo‘lganidek 1990 – yilgacha Kaspiy dengizi haqidagi har qanday qarorni Rossiya bilan Eron berar edi. Kaspiy qirg‘og‘ida o‘rin olgan Turk Respublikalari mustaqilligini e’lon qilganidan keyin, dengiz qirg‘oqlarining muhim qismi Qozog‘iston (2320 km), Turkmaniston (1200 km) va Ozarbayjon (955) chegalarida qoldi. Rossiya (695 km) va Eronning (724 km) dengiz bilan bo‘lgan chegaralari boshqa uch davlatdan ham kamaydi.  

Bundan ikki yil muqaddam yani 2018 – yilning avgust oyida Aktauda bo‘lib o‘tgan va Kaspiy dengizida qirg‘og‘i, sohili bor davlatlarning liderlari sammitida Kaspiy dengizining huquqiy statusi haqida qaror qabul qilinib, dengizning xavfsizligi va foydalanilishi masalasidagi muhim muammo hal qilingan bo‘ldi.

Turkmanistonning sobiq Prezidenti Saparmurat Niyozov davrida Kaspiydagi energiya zaxiralari yuzasidan Ozarbayjon bilan paydo bo‘lgan tarang munosabatlar oxirgi yillarda o‘z o‘rnini hamkorlikka almashtirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ozarbayjon va Turkmaniston liderlari oxirgi yillarda o‘zaro tashriflar yo‘lga qo‘yib, ikki tomonli munosabatlarni rivojlantirib, 38 ta kelishuvga qo‘l qo‘ydi. 

Oxirgi yillarda xoh Ozarbayjon, xoh Qozog‘iston, xoh Turkmaniston Kaspiydagi portlariga muhim investitsiyalar kiritdi. Qozog‘iston 2016 – yili Kurik, Turkmaniston 2017 – yili Turkmanboshi, Ozarbayjon ham Alat deb nomlangan portlar qurdi. Ushbu investitsiyalarning hammasi shimolda Rossiya, janubda Eronning o‘z strategik masalalarini mintaqaviy va o‘zaro munosabatlarda tazyik o‘tkazish vositasi sifatida foydalanishni xohlaganida alternativ transport yo‘nalishi sifatida muhimdir.

Shu yilning aprel oyida Turk kengashining navbatdan tashqari o‘tkazgan oxirgi sammitida tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida pandemiya jarayonida maksimal hamkorlik qilinishi haqida qaror qabul qilingandi. Tashkilotga a’zo davlatlarning transport vazirlarining Kaspiy qirg‘og‘i, Kaspiy sohilidagi oxirgi port yetakchilarining uchrashuvlari Turk dunyosining bir – biri bilan yana – da mustahkam munosabatda bo‘lishi uchun muhim faoliyatlar olib borayotganidan dalolat beradi.

Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston hamkorligini orttirgudek bo‘lsa unda Kaspiyning energiya manbaalarini Turkiya orqali G‘arbga osongina yetkazib berilishi mumkin. Boku - Tbilisi - Kars temir yo‘lidan nafaqat yuk tashish bo‘yicha balki Sharq va G‘arbni Kaspiy orqali bog‘laydigan yo‘lovchi yo‘llari sifatida ham foydalanish mumkin. Ushbu mamlakatlarning tegishli portlari Kaspiyning ikkala tomonida turizmni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishi ham mumkin.

Xoh Lapis Lazuli yo‘nalishi, xoh Qora dengiz - Kaspiy dengizi xalqaro transport yo‘lagi, xoh Xalqaro O‘rta Koridorning rivojlanishi Kaspiy dengizidagi hamkorligi yuqorida nomi tilga olingan uchta davlatning hamkorlik darajasiga bog‘liqdir.



Aloqador xabarlar